Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 06.05.2025 17:54:13Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Ushbu illatga qarshi kurashish doimiy jarayon bo‘lib, bu borada aybdorlarni jazolash emas, balki ko‘proq ushbu illatning oldini olish, jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiya bilan kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ham ana shu masalaga qaratilgan. “O‘zbekko‘mir” AJ “Avtomobil” texnologik transporti filialida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar-treningda mazkur farmonning mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbirda ta’kidlandi, bugungi kunda dunyo miqyosida korrupsiya bilan kurashish eng birlamchi masalaga aylangan. Ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘sqinlik qilishi, balki belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid soladi. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi davlat va jamiyatning barqarorligi, tinchligi, taraqqiyoti uchun xavflidir. Uning oldini olish uchun yosh va qari, har bir inson ma’rifat bilan kurashsa, bu illatning ildizini quritishga erishish mumkin.
Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:


Ijro intizomi samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar
Joriy yilning 15 sentyabri kuni “O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining imkoniyatlari va uning amaliyotdagi a...
O'qish
“Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali ishchi-xodimlari milliy liboslarda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali jamoasi milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va ma’naviy merosimizni ken...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ "Avtomobil-texnologik transporti" filiali Milliy liboslar targ‘iboti davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir" AJ “Avtomobil texnologik transporti” filiali jamoasi Milliy liboslar kuni munosabati bilan har duma kuni o‘z mehnat faoliyatini milliy kiyiml...
O'qish