Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 27.08.2025 11:27:37 Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ rahbariyati tomonidan Angren shahridagi “Osiyo” tantanalar zalida keng ko‘lamli bayram dasturxoni tashkil etildi. Tadbir davomida jamiyat tarkibidagi barcha filial va bo‘linmalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar bir dasturxon atrofida to‘planib, samimiy suhbat va do‘stona muhitda mustaqillik bayramini nishonlamoqda. Bayram dasturxonida milliy taomlar, osh va turfa xil noz-ne’matlar tortildi. Tadbir xodimlar kayfiyatini yanada ko‘tarinki etib, jamoada o‘zaro birdamlik va do‘stlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi

“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi uchun bunday tadbirlar nafaqat yurtimiz eng ulug‘ ayyomi – Mustaqillik bayramiga bo‘lgan hurmat va ehtirom ifodasi, balki xodimlar mehnatini qadrlash, ularga e’tibor ko‘rsatishning amaliy namunasidir


Oxirgi yangiliklar:
Xotira va qadrlash kuni: “Motamsaro ona” poyiga gulchambarlar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’...
O'qish
Xotira va qadrlash kuni – jasorat va sadoqatga yuksak ehtirom
Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida...
O'qish
Rejali-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Transport” filialida 2-alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi ishtirokida navbatdagi rejali-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘t...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish