Mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 21.08.2025 21:20:07“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” hududida yurtimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida o‘tgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishchi-xodimlar, uchun unutilmas bayram ruhini ulashdi
.jpg)
Tadbirni Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov tabrik soʻzi bilan ochib berdi.

Siyosiy jarayonlar bo‘yicha tajribali sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida filiallardan yig‘ilgan ishchi-xodimlarni bayram bilan qutlab, mustaqillikning xalqimiz taqdiridagi tarixiy o‘rniga, milliy g‘urur va birdamlikning muhim ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Bayram dasturida milliy kuy-qo‘shiqlar, vatanga bag‘ishlangan she’rlar, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi ushbu tadbirda faol ishtirok etdi

Oxirgi yangiliklar:
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish