Ohangaron tumaniga zamonaviy isitish qozonlari olib kelinmoqda
Nashr qilingan sana: 08.09.2023 02:37:48Qish mavsumida ijtimoiy soha ob’yektlarini ko‘ngildagiday isitish nafaqat yoqilg‘i sifatiga, shuningdek, sifatli isitish qozonlariga ham bog‘liq .
Ana shuni e’tiborga olib, qish mavsumida Ohangaron tumanidagi tabiiy gaz bosimi pasayib ketish ehtimoli mavjud bo‘lgan hududlardagi ijtimoiy soha obektlariga zamonaviy – gaz va ko‘mirda ishlashga mo‘ljallangan isitish qozonlari olib kelinmoqda.
Mazkur ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va kelasi yili tumandagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mana shunday zamonaviy isitish qozonlari bilan таъминланади. (https://toshkentviloyati.uz/news-detail/zamonaviy-gaz-va-komirda-ishlashga-moljallangan-isitish-qozonlari-olib-kelinmoqda)
Ayni pytda “Qorasuvyoqa” MFYdagi 31-maktab, “Sanam” MFYdagi 46-maktab, “Susam” MFYdagi 51-maktab, “Shovg‘oz” MFYdagi 36-maktablar hamda “Telov” MFYdagi 17-DMTT, “Yangi hayot” MFYdagi 18-DMTT, “Sanam” MFYdagi 19-DMTT, “Qiziloy” MFY O‘rg‘oz qishlog‘idagi 26-DMTT, “Shovg‘oz” MFYdagi 30-DMTTlarga jami bo‘lib 23 yangi isitish qozonlari o‘rnatilmoqda.
Yana bir bor eslatamiz, mazkur isitish qozonlari tabiiy gazda ham, ko‘mir yonilg‘isida ham ishlashga moslashgan.
Oxirgi yangiliklar:
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish