O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir
Nashr qilingan sana: 21.10.2025 17:55:30

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan jamiyatga Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tashrif buyurdi. Teatr san’atkorlari tomonidan “Qurilish-montaj ishlari” filialida “Behbudiy” spektakli namoyish etildi.
Asarda millat maorifi va ma’naviyati ravnaqi yo‘lida joni fido qilgan buyuk jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo‘li, fikr va g‘oyalari saxna talqinida ta’sirli ravishda ifoda etildi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy — milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini xalqimiz ongu tafakkuriga singdirish orqali yurt istiqboli uchun kurashgan fidoyi zotdir.
Spektakl konchi-tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi, ular yurt ma’naviy taraqqiyoti yo‘lidagi.

Oxirgi yangiliklar:
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish