"O‘zbekko‘mir" AJ bosh direktori N. U. Dusmatovning 30-iyun yoshlar kuniga tabrigi
Nashr qilingan sana: 30.06.2025 16:18:59Aziz yoshlar!
Sizlarni azmu shijoat va kamolot ramzi bo‘lmish Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
"O'zbekko'mir" aksiyadorlik jamiyati qattiq yoqilg‘i qazib olish va yetkazib berish sohasida yetakchi hisoblangan korxonalardan biridir. Bu ulkan jarayonda yosh mutaxassislarimiz va ishchi-xodimlarimiz negiziy kuch sifatida faol ishtirok etib, taraqqiyotimizga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Sizlarning chuqur bilim, zamonaviy ko‘nikma va yuksak ma'naviyat asosida shakllanayotgan mustahkam hayotiy pozitsiyangiz, tashabbuskorligingiz, Vatanga sadoqatingiz – bizga kelajakka ishonch bag‘ishlaydi.
Sizlarga sog‘liq-salomatlik, shaxsiy va kasbiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt va omad tilayman.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
N. U. Dusmatov
"O‘zbekko‘mir" AJ bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bu yil ushbu ikki mu...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish