“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 09.04.2024 13:09:40Ramazon hayiti ezgulik, muruvvat va mehmondo‘stlik kunidir. Chunki musulmonlarning bu asosiy bayrami odamlarni an’anaviy qadriyatlarni e’zozlashga, oilaga g‘amxo‘rlik qilishga, kattalarni e’zozlashga, bir-biriga yordam berishga chaqiradi.
Aziz konchilar, hurmatli hamkasblar!
Sizlarni islom olamining ulug‘ bayrami – Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklayman. Ushbu shodiyona kunlarida barchangizga, millatingiz, diningiz va yoshingizdan qat’i nazar, sizni sevadigan kishilar qurshovida tinch va farovon hayot kechirishingizni tilayman!
Yaratgan barcha ezgu ishlaringizga rivoj bersin, hayotingiz tinch-xotirjam, shodliklarga to‘la bo‘lsin, har bir kuningizni ilhom, vafo, mehr-muhabbat va hamjihatlik nuri bilan chulg‘ansin. Hayot go‘zalliklaridan bahra oling, xonadoningizdan fayz arimasin.
Yana bir bor Ramazon hayiti muborak bo‘lsin.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish