“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
Nashr qilingan sana: 04.02.2025 12:26:26“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga ko‘mir sanoati sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, hozirgi kunda ham jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan faxriy konchilar taklif qilindi.
Yig‘ilishni Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov boshqarib borar ekan, mamlakatimizda keksalarga, mo‘tabar faxriylarga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab qo‘yilganini alohida ta’kidladi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 202 yil 15 martdagi qarori asosida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirib kelinayotganini ta’kidladi. Yangi tashkil etilgan Faxriylar kengashining ahamiyati va vazifalari haqida ma’lumot berdi.
Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mehnat qilgan va mehnat qilayotgan 5,5 ming nafardan ziyodroq pensioner bor. Faxriylar kengashining asosiy maqsadi ularni ijtimoiy birlashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda o‘z tizimidagi faxriylarni e’zozlash, ularga zarur moddiy, ma’naviy, tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishda faol qatnashishdan iborat. Keksa avlodning ijtimoiy faoliyatini uzluksiz qo‘llab-quvvatlash, qonuniy huquq va manfaatlari, obro‘ va sha’nlarini himoya qilish bilan birga ularning boy hayotiy tajribasi, ilmi, malakasi, salohiyat va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yoshlar tarbiyasidagi rolini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbirda tashkiliy masala ko‘rildi. Jamiyat tizimida 45 yildan ko‘proq samarali faoliyat ko‘rsatib, ko‘mir sanoati rivojiga katta hissa qo‘shgan faxriy konchi, “Mehnat shuhrati” ordeni hamda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni sohibi Turob Umirov bir ovozdan “O‘zbekko‘mir” AJ Faxriylar kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, uch kishidan iborat faxriymiz Kengash a’zoligiga saylandi. Ular orasida “Angren ko‘mir koni” filialida salkam qirq yil ekskavator mashinisti bo‘lib ishlagan, uchala darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni sohibi Nizomiddin Tursunov ham bor.
Yig‘ilishda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne’mat Dushaev, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anorbek Sultonov, “Angren ko‘mir koni” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bozorvoy Hasanov, “Temir yo‘l transporti” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Rahmatjon Ahmataliev, va boshqalar so‘zga chiqib, Faxriylar kengashi faoliyati yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar va saylangan raisga ezgu ishlarida muvaffaqiyat tiladilar.
Tadbirda Faxriylar kengashi raisi T.Umirov so‘zga chiqib, yuksak ishonch uchun yig‘ilish ahliga minnatdorlik izhor etdi hamda kengash faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, konchi faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida bilim va tajribalarini ayamasligini bildirdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir ikki usul - ochiq ochiq va shaxta usulida qazib olinadi. Konlarda, ayni dam olish kunlariga qaramay, ishlab chiqarish bir maromda, uzl...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish