“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
Nashr qilingan sana: 04.06.2026 19:29:44
.jpg)
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni keltirib chiqarmoqda.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda jamiyatda 6,8 million tonna qattiq yoqilg‘i qazib olish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 7,1 million tonna ko‘mir qazib olingan. 2026-yil uchun esa ushbu ko‘rsatkich 5,7 million tonna etib belgilangan.
Mazkur raqamlar yuzasidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarga javoban shuni ta’kidlash lozimki, hajmdagi nisbiy o‘zgarishlar sohada sifatga ustuvorlik berish siyosati bilan bog‘liq.
“O‘zbekko‘mir” AJda hozirgi kunda asosiy e’tibor qazib olish hajmini sun’iy ravishda oshirishga emas, balki yuqori sifatli, kaloriyasi yuqori ko‘mir ulushini ko‘paytirishga qaratilgan. Shu maqsadda selektiv qazib olish texnologiyalari joriy etilmoqda hamda zamonaviy kon texnikalari bosqichma-bosqich ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilmoqda.
Shu bilan birga, hozirgi kunda kon ichki omborlarida o‘tgan yilda qazib olingan 1 million tonnadan ortiq ko‘mir zahirasi mavjud bo‘lib, uning bosqichma-bosqich realizatsiya qilinishi qazib olish hajmidagi mavjud farqni qoplash va umumiy yetkazib berish zanjirini barqaror saqlashga xizmat qiladi.
Umumiy holatda, O‘zbekiston bo‘yicha 2025-yilda ko‘mir qazib olish hajmi taxminan 8,9 million tonnani tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichda O‘zbekko‘mirning ulushi umumiy hajmning salkam 80 foiziga to‘g‘ri keladi.
2026-yil uchun esa respublika bo‘yicha ko‘mir qazib olish rejasi 9 million tonna etib belgilangan. Bu prognozda ham tarmoqdagi asosiy ishlab chiqaruvchi korxonalar, jumladan O‘zbekko‘mirning rejalashtirilgan hajmlari inobatga olingan.
Shu tariqa, hajmdan ko‘ra sifatga ustuvorlik berish siyosati umumiy respublika ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan, aksincha, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ulushini oshirishga xizmat qilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish