Qayga borsam, boshda d‘oppi...
Nashr qilingan sana: 30.05.2025 14:51:57
O‘zbek d‘oppi — o‘zbek xalqining an’anaviy bosh kiyimi bo‘lib, u nafaqat estetika, balki madaniy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Ushbu bosh kiyimi erkaklar uchun o‘zining ijtimoiy maqomini ifodalash va hurmat ko‘rsatishning bir usuli hisoblanadi. D‘oppi kiygan kishilar o‘zini ishonchli va hurmatli his qiladilar.
Sherzod Ortiqov va uning hamkasblari ham imkon boricha milliy liboslar kiyishga harakat qilishadi, ayniqsa, juma kunlari. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi — milliy liboslar kuni deb e’lon qilingan bo‘lib, ushbu tashabbus “Angren ko‘mir koni” filialining salkam ikki ming kishilik jamoasi a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Juma kunlari maxsus xizmat formasi talab qilinmaydigan xodimlar milliy kiyimlarda ishga chiqishga odatlanganlar.
Bu borada bosh muhandis Sherzod Turg‘unov, bosh mexanik Abdulhamid Baynazarov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i Abdurayim Maksutovlar hamkasblariga ibrat ko‘rsatmoqdalar.
Birinchidan, d‘oppi yumshoq matolardan tayyorlangan bo‘lib, uni kiyish qulay va engil. Ayniqsa, hozirgi issiq havoda boshni himoya qilishda ham foydalidir.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish