Rasmiy: mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan tushuntirish berildi
Nashr qilingan sana: 23.11.2025 23:37:09Ijtimoiy tarmoqlarda aholi ehtiyojlari uchun yetkazib berilayotgan mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan turli noto‘g‘ri talqinlar tarqalmoqda. Xususan, ko‘mir mahsulotining kulchanlik darajasi uning mayda-yirik fraksiyasi bilan adashtirilayotgan hollar kuzatilmoqda. Ma’lumot uchun qayd etish joizki, kulchanlik mahsulot yonganidan so‘ng qoladigan mineral qoldiqlar miqdoridir va u ko‘mirning yirik yoki mayda ekanligiga bog‘liq emas.
Ana shunday tushunmovchilik natijasida ijtimoiy tarmoqda Bog‘ot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D. Rahimov tomonidan aholiga go‘yo kulchanlik darajasi 50–70 foiz bo‘lgan ko‘mir tarqatilayotgani haqida murojaat e’lon qilindi (https://t.me/komporuz/28267). Ushbu murojaat uning muallifi ishtirokida “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filiali mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida murojaatga ilova qilingan fotosuratning eski ekanligi aniqlandi. Murojaatchi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalliy ko‘mirning amaliy sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tushuntirish berildi. Shuningdek, fuqaroga o‘rnatilgan tartib asosida amaliy yordam ko‘rsatilib, belgilangan miqdordagi mahalliy ko‘mir bilan ta’minlandi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filiali rahbari K. Jumaniyozov ta’kidlashicha, aholiga yetkazib berilayotgan mahalliy ko‘mir sifatini kafolatlash maqsadida barcha zarur texnik va tashkiliy chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, aholiga tarqatilayotgan mahalliy ko‘mir 2BZR markasiga mansub bo‘lib, fraksiyasi 0–700 mm, kulchanlik darajasi 17 foiz, namlikligi 40 foiz, yonish kaloriyasi 3200 kkal/kg va mineral aralashmalar miqdori 3 foizni tashkil etadi. Ushbu sifat ko‘rsatkichlari amaldagi texnik reglamentlar va laboratoriya nazorati asosida muntazam tekshirib boriladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish