Rasmiy munosabat: Paxtaobod ko‘mir ombori faoliyati tiklanadi
Nashr qilingan sana: 11.11.2025 09:26:25Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod ko‘mir omborining temir yo‘l qismi go‘yo sun’iy ravishda yaroqsiz holatga keltirilib, faoliyati to‘xtatilgani hamda aholi uchun mo‘ljallangan ko‘mir mahsuloti hozirda qo‘shni Andijon tumani hududida tarqatilayotgani haqida xabar tarqaldi (https://t.me/komporuz/28035).
“O‘zbekko‘mir” AJ axborot xizmati mazkur holatni “Ko‘mir ta’minot” MChJ mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘rganib, quyidagilarni ma’lum qiladi:
Haqiqatda, hozirgi kunda Paxtaobod tumani uchun ajratilgan ko‘mir yoqilg‘isi Paxtaobod tuman hokimligi bilan kelishilgan holda vaqtincha “Andijon-2” temir yo‘l stansiyasi orqali aholiga yetkazib berilmoqda.
Bu chora Paxtaobod ko‘mir omboriga kiruvchi temir yo‘lning 7-sonli yuk ortib-tushirish yo‘lagi yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli ko‘rilgan. 2025 yil 6 noyabr kuni “Andijon-2” temir yo‘l stansiyasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida yuk tushirish handag‘i (yamasi) o‘pirilgani, himoya ballastining beton qismi buzilgani, natijada vagonlarni ag‘darilib ketish xavfi mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat ishchi-xizmatchilarning hayoti uchun xavf tug‘dirishi hamda temir yo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazishi mumkinligi sababli, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘mir tarqatish jarayoni vaqtincha “Andijon-2” stansiyasiga ko‘chirildi.
Ayni paytda Paxtaobod tumani aholisiga ko‘mir mahsulotini yetkazish ishlari tasdiqlangan reja-jadval asosida, mahalla fuqarolar yig‘inilar kesimida navbat bilan amalga oshirilmoqda.
Paxtaobod tuman ko‘mir omboriga olib boruvchi temir yo‘l qismini tezkor ta’mirlashning barcha choralari ko‘rilmoqda va uning faoliyati to‘liq qayta tiklanadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamjanovich Dusmatovning bayram tabrigi
Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar – Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Bu yil ushbu ikki mu...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish