Tadbir jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlandi
Nashr qilingan sana: 14.02.2024 14:32:43Tadbir jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlandi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jadidchilik harakati tarixini o‘rganish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filialida tashkil etilgan tadbirni Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayev respublikamizda jadidchilik harakati tarixini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.
Ta’kidlandiki, keyingi yillarda yurtimiz ozodligi uchun kurashgan ajdodlarimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Vatan uchun jonini fido qilgan bobolarimizga munosib bo‘lgan, ular orzu qilgan istiqlolni ko‘z qorachig‘idek asrash, ayniqsa, bugungi murakkab zamonda har qachongidan-da dolzarb sanaladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Jadid” gazetasi tashkil etilgani jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qiladi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida jadidchilik harakati tarixiga oid boy materiallar bor. Tasviriy san’at galereyasida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi ochilgan bo‘lib, u 18 fevralga qadar davom etadi. Unda 42 eksponat namoyishga qo‘yilgan.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Tadbir “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Gulmira Jo‘rayeva ijrosidagi qo‘shiqlar bilan yakunlandi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish