Videoselektor: gaz va elektr ta’minoti muammolari muhokamada
Nashr qilingan sana: 16.06.2025 19:50:5716-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholining o‘ylantirayotgan masalalarga amaliy yechimlar topish masalalari muhokama qilinmoqda.
Davlat rahbari aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi muammolarga alohida to‘xtaldi. Jumladan, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida murojaatlarning 70 foizi aynan shu masalaga taalluqli ekani qayd etildi. Suyultirilgan gaz bo‘yicha 60–70 kunlik uzilishlar kuzatilayotgani keskin tanqid qilindi.
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonni nimada qaynatadi? Rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish: bu masalaga ikki hafta ichida yechim topilsin, bo‘lmasa, o‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin”, ‒ dedi Prezident.
Yoz oylarining issiq kelishi fonida elektr energiyasiga talab ortadi. Shu bois, Energiya samaradorlik agentligi va mutasaddi idoralarga quyidagi vazifalar yuklatildi:
‒ oyiga 500 kVt/soatdan ortiq elektr sarflaydigan xodimlar ro‘yxatini tuzish;
‒ ular uchun “yashil ta’mir” dasturi orqali kredit va subsidiya ajratish mexanizmini ishlab chiqish;
‒ zarur hollarda budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyaviy yordam ko‘rsatish.
Manbaa: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/52454
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:


Ijro intizomi samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar
Joriy yilning 15 sentyabri kuni “O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining imkoniyatlari va uning amaliyotdagi a...
O'qish
“Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali ishchi-xodimlari milliy liboslarda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali jamoasi milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va ma’naviy merosimizni ken...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ "Avtomobil-texnologik transporti" filiali Milliy liboslar targ‘iboti davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir" AJ “Avtomobil texnologik transporti” filiali jamoasi Milliy liboslar kuni munosabati bilan har duma kuni o‘z mehnat faoliyatini milliy kiyiml...
O'qish