Yetti marta o‘lchab bir marta kesuvchi kasb egalari
Nashr qilingan sana: 21.05.2024 07:16:01Bugungi kunda turli o‘lchov asboblari va texnik vositalarisiz hayotimizni tasavvur etish qiyin. Aniq o‘lchovlar ayniqsa, ishlab chiqarishda juda muhim.
– Mamlakatimizda metrologiya ya’ni o‘lchashlar borasidagi ilk qadamlar bundan roppa rosa 100 yil avval qo‘yilgan. Ammo 1924 yilga qadar hudularda o‘lchashlar turlicha o‘lchov vositalari bilan amalga oshirilgan. Yagona o‘lchash vositalari bo‘lmagan, – deydi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish boshqarmasi bosh metrologi Yuliya Osmanova. – Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining ma’lumot bazasi 9 tadan 25 taga ko‘paytirilgan, 16 ta hududiy filialda eng zamonaviy yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalari bilan jihozlangan laboratoriyalar ishlab turibdi.
Ko‘mir ko‘mir sanoati korxonalarida uch mingdan ortiq turli xil o‘'lchash asboblari mavjud: ular bosim, harorat, biometrik ko‘rsatkichlar, yoqilg‘i sarfi, elektr va issiqlik energiyasi va boshqalar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Ushbu vositalar turli xil parametrlarga ega: gugurt qutisi o‘lchamidan bir necha metr balandlikdagi ulkan birlikgacha.
Eng keng tarqalgan o‘lchov vositasi – tarozi. Ular ko‘p tonnali bo‘lishi mumkin. Ularda ko‘mir, kaolin va boshqa fyldali qazilmalar avtosamosvallar va vagonlar bilan qo‘shib tortiladi.
“O‘zbeko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 150 tonnagacha yuk tortadigan uchta ishlab chiqarish tarozisi mavjud. Ularning ikkitasi “Angren” bittasi” Apartak” konida ishlab turibdi. Ushbu tarozilardan, aytish mumkinki, kechasiyu kunduzi foydalaniladi va muntazam ravishda ularning ish holati tekshirib boriladi.
So‘nggi paytlarda “TYT”, va “Angren ko‘mir koni” filiallarida tarozilar elektron, raqamli rejimga o‘tkazildi, shu bois o‘lchov ishlarida deyarli xatoliklar kuzatilmaydi. “Apartak” konidagi yagona mexanik tarozilar ham tez orada modernizatsiya qilinadi: tayanch konstruksiyalarni mustahkamlash orqali ularning yuk ko‘tarish quvvatini belgilangan 60 tonna belgisi bilan 100 tonnagacha oshirish mumkin. Bundan tashqari, tarozilar ham raqamlashtirishni talab qiladi, bu o‘z navbatida metrologlarning ishini osonlashtiradi.
Aksiyadorlik jamiyatining har bir filialida o‘lchov laboratoriyasi va o‘zining metrologiya bo‘yicha mutaxassisi mavjud. Ayni paytda ularning to‘rt nafari malaka oshirish kurslarida tahsil olmoqda. “MT va IS” filiali ombor mudiri Beknazar Baynazarov ham metrolog. U nafaqat yoqilg‘i dispanserlari va neft mahsulotlarini saqlash punktlari holati uchun javobgardir, balki o‘lchash asboblari – gidrometrlarning ko‘rsatkichlarini ham qayd etib boradi.
“Angren ko‘mir koni” filiali yoqilg‘i-energetika resurslari bo‘limi muhandisi O‘tkir Qazoqboev jamoada metrolog vazifasini ham bajaradi, u bu ishni yaqinda boshlagan bo‘lsa-da yaxshi o‘zlashtirib olgan. “TYT” filiali metrologi Rustam Hamraev, “Apartak” filiali metrologi Ravshan Buvabekov haqida ham shunday iliq fikrlar aytish mumkin.
Metrologlarining shiori esa shunday: “Biz ERTAGA barqaror rivojlanish uchun BUGUNni o‘lchaymiz!”.
Diana Andreeva
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ: 6 oy mobaynida jami 2 mln 770,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi
“O‘ZBEKKO‘MIR” AJ: 6 OY MOBAYNIDA JAMI 2 MLN 770,8 MING TONNA KO‘MIR QAZIB OLINDI Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra "O‘zbekko‘mir" AJ faoliya...
O'qish
“Men qutqaruvchiman” musobaqasi o‘tkazildi
11-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli Ohangaron tumanida joylashgan “Koinot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolalarning vaqtini mazmunli tashkil etish ma...
O'qish
Milliy liboslar kuni: an’ana va g‘urur uyg‘onishi
O‘zbek xalqi azaldan o‘z milliy urf-odatlari, kiyinish madaniyati, hunarmandchiligi bilan ajralib turgan. Ayniqsa, milliy liboslar ‒ xalqimizning tarixi, didi va o‘zl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash — barchamizning burchimiz!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning videomurojaati Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash — barchamizning burchimiz! ✅ “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi si...
O'qish