“O‘zbekko‘mir” AJ aksiyadorlariga!
Nashr qilingan sana: 11.06.2024 02:42:08«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida XABARNOMA
«O‘zbekko‘mir» AJ Kuzatuv kengashining 2024-yil 7- iyundagi qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2024-yil 28-iyun kuni, Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1- uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2024-yil 7-iyun holatiga tuziladi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2024-yil 24-iyun holatiga tuziladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2023-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash
4. “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining 2023-yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
5. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2023 yil bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2023-yil yakuni bo‘yicha tashqi auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.
7. “O‘zbekko‘mir” AJning 2022-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydani taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini tasdiqlash.
8. “O‘zbekko‘mir” AJning 2023-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydani taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini tasdiqlash.
9. Jamiyatning 2023-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini tasdiqlash.
10. Jamiyatning affillangan shaxs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash.
11. “O‘zbekko‘mir” AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shahsni tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1- uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.
Telefonlar: (+998 71) 150-39-80; faks: (+998 71) 150- 39- 89.
Elektron manzil: info@coal.uz, veb sayt: www.uzbekcoal.uz.
Jamiyat Kuzatuv kengashi.
Oxirgi yangiliklar:
Angren – mehnat, jasorat va taraqqiyot shahri
Joriy yil 13-iyun kuni Angren shahri o‘zining qutlug‘ 80 yilligini nishonlaydi. Ayni kunlarda shahar bayram nafasi bilan yashamoqda. Ko‘chalaru xiyobonlarda obodonlas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir”: hajm emas, sifat ustuvor – qazib olish siyosati yangilanmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib olish hajmining o‘tgan yilga nisbatan qisqartirilishi ayrim media faollarida turli savol va muhokamalarni ke...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazku...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda
Ko‘mir narxiga bozor mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklif ma’qullandi. Bu, aslida, davr talabi. Chunki har qanday sohada bo‘lgani kabi, ko‘mir sanoatida ham ishl...
O'qish