Konchi-yoshlar kuchli uchlikdan joy oldi
Nashr qilingan sana: 24.02.2025 04:21:53
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati yoshlari 21-23-fevral kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Chimgan Challenge – 2025” qishki sport festivali doirasida o‘tkazilgan sport o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Ushbu festival har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda va unda mamlakatimizdagi barcha vazirliklar, yuqori turuvchi respublika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 150 nafarga yaqin sport targ‘ibotchilari ishtirok etdi. “O‘zbekko‘mir” AJ Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi raisi Davron Abdurahmonov boshliq korxonamiz yoshlari bu galgi tadbirda har qachongidan ham faol qatnashdilar.
Festival kun tartibi bo‘yicha birinchi kuni o‘tkazilgan o‘quv-seminarda Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov, tegishli tarkibiy tuzilmalar boshliqlari Davlatimiz rahbari tomonidan aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati tadbir ishtirokchilariga tushuntirildi.
‒ Festival doirasida ikkinchi kuni jamoaviy sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, – deydi Davron Abdurahmonov. – Unda jamiyatimiz yoshlari sportning futbol, mini-futbol, voleybol, streetbol kabi turlari bo‘yicha bellashuvlarda o‘z mahoratlarini yaqqol namoyish qildilar.
Yakunda hakamlarimiz tomonidan g‘oliblar e’lon qilindi. Davron Abdurahmonov, Xolmurod Izzatullayev, Behruz Madaliyevlardan iborat “O‘zbekko‘mir” AJ yoshlar jamoasi voleybol, futbol va streetbol o‘yinlarida sharfli 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobidan kuchli uchlikdan joy oldi.


Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish