Daryo bo'yida konchilar bog'i tashkil qilinmoqda
Nashr qilingan sana: 23.03.2025 02:45:39

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Yashil belbog‘” umummilliy loyihasi doirasida “Konchilar bog‘i” tashkil etilmoqda. Shu maqsadda muntazam hasharlarda daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. 22-23-mart kunlari ham shunday hasharlarda o‘tkazildi. Ish boshlanganidan buyon 2 ming tup terak ko‘chatlari ekildi.
Jamiyat bosh direktorining 2023 yil 21-fevraldagi 80-sonli buyrug‘i asosida o‘tkazilayotgan tadbirlarda o‘nlab xodimlar faol qatnashmoqda.
Jamiyat bosh ekolog Akbar Yoqubovning ma’lumot berishicha, bog‘ uchun Toshkent viloyati suv omborlari boshqarmasidan Angren daryosi bo‘yidagi 1,3 gektar qarovsiz bo‘sh yer maydoni o‘n yilga ijara olinadi. Bu yerda o‘n ming tup kaliforniya teragi ekib o‘stiriladi.
‒ Ekkaning emas, ko‘kartirganing hisob, deydilar. Yaratilayotgan bog‘da daraxtlar to‘liq ko‘kartiriladi va kelgusi besh yil davomida ularni muhofaza qilish, parvarishlash, zararkunanda hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha aniq choralar belgilab olinadi. Suvni tejash maqsadida bog‘da tomchilab sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, ‒ deydi Akbar Yoqubov.
Bog‘ parvarishi uchun bog‘bonlar ajratilmoqda. Hademay ular uchun xizmat uylar quriladi, nasos stansiyasi va tomchilab sug‘orish jihozlari o‘rnatiladi.
Konchilar bahorgi ekish mavsumida shu bilan cheklanib qolishmaydi. Jamiyat hududidagi yana to‘rt gektar yer maydoni rekul’tivatsiya qilinadi va ushbu joyda ham mevali va qurilishbop daraxt ekilib, “Konchilar bog‘i” tashkil qilinadi.


Oxirgi yangiliklar:
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”
2026-yil 1-mayga qadar mamlakatimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish is...
O'qish
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish