Daryo bo'yida konchilar bog'i tashkil qilinmoqda
Nashr qilingan sana: 23.03.2025 02:45:39

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Yashil belbog‘” umummilliy loyihasi doirasida “Konchilar bog‘i” tashkil etilmoqda. Shu maqsadda muntazam hasharlarda daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. 22-23-mart kunlari ham shunday hasharlarda o‘tkazildi. Ish boshlanganidan buyon 2 ming tup terak ko‘chatlari ekildi.
Jamiyat bosh direktorining 2023 yil 21-fevraldagi 80-sonli buyrug‘i asosida o‘tkazilayotgan tadbirlarda o‘nlab xodimlar faol qatnashmoqda.
Jamiyat bosh ekolog Akbar Yoqubovning ma’lumot berishicha, bog‘ uchun Toshkent viloyati suv omborlari boshqarmasidan Angren daryosi bo‘yidagi 1,3 gektar qarovsiz bo‘sh yer maydoni o‘n yilga ijara olinadi. Bu yerda o‘n ming tup kaliforniya teragi ekib o‘stiriladi.
‒ Ekkaning emas, ko‘kartirganing hisob, deydilar. Yaratilayotgan bog‘da daraxtlar to‘liq ko‘kartiriladi va kelgusi besh yil davomida ularni muhofaza qilish, parvarishlash, zararkunanda hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha aniq choralar belgilab olinadi. Suvni tejash maqsadida bog‘da tomchilab sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, ‒ deydi Akbar Yoqubov.
Bog‘ parvarishi uchun bog‘bonlar ajratilmoqda. Hademay ular uchun xizmat uylar quriladi, nasos stansiyasi va tomchilab sug‘orish jihozlari o‘rnatiladi.
Konchilar bahorgi ekish mavsumida shu bilan cheklanib qolishmaydi. Jamiyat hududidagi yana to‘rt gektar yer maydoni rekul’tivatsiya qilinadi va ushbu joyda ham mevali va qurilishbop daraxt ekilib, “Konchilar bog‘i” tashkil qilinadi.


Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Rasmiy munosabat: Namangan ko‘mir ombori bo‘yicha
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahri aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash hamda arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mirni yetkazib berish jarayonida transport xarajatlar...
O'qish
Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
11‑noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Qurilish-m...
O'qish
Kasaba uyushmalari – mehnat sharafi va ijtimoiy adolatning asosi
Qadrli kasaba uyushmalari faollari, aziz hamkasblar! Mana, beshinchi yildirki, mamlakatimizda 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni sifatida umumxalq bayrami...
O'qish
Manfaatlar to‘qnashuvi va maishiy korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazildi
2025-yil 6-noyabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Temiryo‘l transporti” filialida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi...
O'qish