Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 22.01.2026 09:55:08O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi
.jpg)
O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida filialning komplaens nazorati xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat va ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari hamda xodimlarning bu boradagi mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi
Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar va xodimlar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi
.jpg)
Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirishga, shuningdek, korrupsiyadan holi ish muhitini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJ'ning 2025-yil natijalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda jami 7,137 million tonna ko‘mir qazib olindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 105,5% ni tashkil etdi. Bu haq...
O'qish
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar census.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tis...
O'qish
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ...
O'qish