Kuzatuv kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 04.10.2024 14:19:563-oktabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Konferensiya O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 78-moddasiga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tashabbusi bilan chaqirildi.
Video-konferens-aloqa tarzida tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashi raisini saylash, Kuzatuv kengashining yillik ish rejasini tasdiqlash, jamiyat bosh direktorining 2024-yil 1-yarim yillik hisobotini ko‘rib chiqish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risi”dagi Qonunining 77-moddasi hamda Jamiyat Ustavining 8.9-bandiga asosan Jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan saylanishi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda kengash a’zolari tomonidan Jamiyat Kuzatuv kengashi raisi etib O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Islamov Bobur Farxodovich saylandi.
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalarni o‘z vaqtida sifatli tashkil etish maqsadida jamiyat Kuzatuv kengashining yillik ish rejasi tasdiqlandi.
Shundan so‘ng “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining 2024-yil 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha bosh direktor V.V.Kuznesovning hisoboti ko‘rib chiqildi.
Hisobotda qayd etilganidek, 1-yarim yillikda kon ustini ochish ishlari 15 668,5 ming m3 rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 11 498,6 ming m3 tashkil etdi va reja nisbatan 73,4 foizga, ko‘mir qazib chiqarish ishlari rejadagi 2 366,6 ming tonna o‘rniga amalda 2 374,4 ming tonna (100,3 %)ga, kaolin qazib olish 178,4 ming tonna (46,0 %)ga bajarilgan.
Muzokaralardan so‘ng, jamiyat bosh direktorining 2024-yil 1-yarim yil yakunlari bo‘yicha hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilishda jamiyat Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi, AQShlik mutaxassis Bart Lukarelli ishtirok etdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Texnik hamkorlik masalalari muhokama etildi
Joriy yilning 8 aprel kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Rossiyaning Toshkent shahridagi “Haul Truck CA” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashu...
O'qish
Sohibqiron tavallud kuniga bag‘ishlandi
Bugun, 9 aprel – buyuk sarkarda va davlat arbobi, millatimiz faxri Amir Temur tavalludining 669 yilligi munosabati bilan yurtimizda keng ma’naviy-ma’rifiy t...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda Rezyume markazi ishga tushirilmoqda!
Davlatimiz tomonidan ish beruvchilarga aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlikning oldini olish borasida qo‘yilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirish, nomzo...
O'qish
Faol geologlar taqdirlandi
Yakshanba kuni mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni keng nishonlandi. Kasb bayrami arafasida Kon-geologiya vazir...
O'qish