MEHNATKAShLAR MANFAATI QANDAY HIMOYa QILINMOQDA?
Nashr qilingan sana: 28.07.2021 13:11:27"O‘zbekko‘mir" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda filiallar kasaba qo‘mitalari Jamoa shartnomasi talablari asosida tizimdagi ishchi-xodimlarni ijtimoiy va huquqiy himoyalash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishchi-xodimlar va oila a’zolarining dam olishlarini tashkillashtirish, sog‘liklarini tiklash va turli moddiy yordamlar ko‘rsatish vazfalarini izchil amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, 2021 yilning 1-yarim yilligi mobaynida 61 nafar ishchi-xodim turli sanatoriyalarda salomatligini tiklab qaytdi, buning uchun 141 721 000 so‘m sarflandi. Kasb kasalligini orttirgan 2 nafar kishiga yo‘llanmalar imtiyozli (bepul) berildi. Moddiy va ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 108 nafar ishchi-xodimga 174 928 000 so‘mlik turli xildagi moddiy yordamlar ko‘rsatildi va bu ishlar bugungi kunda davom ettirilmoqda.
“Koinot” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida joriy yil yozgi mavsum davrida 750 nafar o‘g‘il-qiz sog‘lomlashtirildi.
Jamiyatda ayollar mehnatiga alohida e’tibor qaratilgan. Hech bir ayol og‘ir qo‘l mehnati bilan bajariladigan ishga jalb qilinmagan. Ayollar uchun filiallarda shaxsiy gigiyena xonalari tashkil qilingan, 2 va undan ortiq voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning mehnat ta’tiliga qo‘shimcha 3 kundan ta’til berish ham jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan va amalga oshirilmoqda, 2 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga 1 soat kam ish kuni belgilangan. 3 nafar va undan ko‘p bolalari bo‘lgan ayollarga belgilangan tartibda moddiy yordamlar ko‘rsatib borildi.
27 iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Bilashgan kasaba uyushma qo‘mitasining qo‘mita raisi Abdunosir Qayumov raisligida “Jamoa shartnomasi” bajarilishining 2021 yil 1-yarim yillikdagi ijrosi masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida ana shu yutuqlar e’tirof etildi. Ayni paytda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va muammolar atroflicha muhokama etilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Alijon Mirahmedov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish