MEHNATKAShLAR MANFAATI QANDAY HIMOYa QILINMOQDA?
Nashr qilingan sana: 28.07.2021 03:11:27"O‘zbekko‘mir" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda filiallar kasaba qo‘mitalari Jamoa shartnomasi talablari asosida tizimdagi ishchi-xodimlarni ijtimoiy va huquqiy himoyalash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishchi-xodimlar va oila a’zolarining dam olishlarini tashkillashtirish, sog‘liklarini tiklash va turli moddiy yordamlar ko‘rsatish vazfalarini izchil amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, 2021 yilning 1-yarim yilligi mobaynida 61 nafar ishchi-xodim turli sanatoriyalarda salomatligini tiklab qaytdi, buning uchun 141 721 000 so‘m sarflandi. Kasb kasalligini orttirgan 2 nafar kishiga yo‘llanmalar imtiyozli (bepul) berildi. Moddiy va ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 108 nafar ishchi-xodimga 174 928 000 so‘mlik turli xildagi moddiy yordamlar ko‘rsatildi va bu ishlar bugungi kunda davom ettirilmoqda.
“Koinot” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida joriy yil yozgi mavsum davrida 750 nafar o‘g‘il-qiz sog‘lomlashtirildi.
Jamiyatda ayollar mehnatiga alohida e’tibor qaratilgan. Hech bir ayol og‘ir qo‘l mehnati bilan bajariladigan ishga jalb qilinmagan. Ayollar uchun filiallarda shaxsiy gigiyena xonalari tashkil qilingan, 2 va undan ortiq voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning mehnat ta’tiliga qo‘shimcha 3 kundan ta’til berish ham jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan va amalga oshirilmoqda, 2 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga 1 soat kam ish kuni belgilangan. 3 nafar va undan ko‘p bolalari bo‘lgan ayollarga belgilangan tartibda moddiy yordamlar ko‘rsatib borildi.
27 iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Bilashgan kasaba uyushma qo‘mitasining qo‘mita raisi Abdunosir Qayumov raisligida “Jamoa shartnomasi” bajarilishining 2021 yil 1-yarim yillikdagi ijrosi masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida ana shu yutuqlar e’tirof etildi. Ayni paytda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va muammolar atroflicha muhokama etilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Alijon Mirahmedov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Глобус: геология и бизнес” jurnalida Angren konchilari haqida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasida chop etilаdigan “Globus: geologiya i biznes” xalqaro jurnalining 2025-yil dekabr sonida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga bag‘...
O'qish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 28-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-y...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish
Ochiq eshiklar kuni: jamoatchilik bilan uchrashuv
2025-yil 15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi....
O'qish