“O‘zbekko‘mir” AJ: 2025-yilning yanvar-may oylari davomida amalga oshirilgan ishlar
Nashr qilingan sana: 24.06.2025 11:47:15
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yilning yanvar-may oylari davomida jami 2 211,9 ming tonna ko‘mir qazib olindi, bu rejaga nisbatan 101,4% ni tashkil etib, 31,4 ming tonnaga ortiq bajarildi. Eng katta ulushni “Angren ko‘mir koni” filiali egalladi ‒ 1 949,3 ming tonna (rejaga nisbatan 101,3%).
‒ “Apartak ko‘mir koni” filiali ‒ 237,4 ming tonna (102,3%), bu filial o‘tgan yilga nisbatan 269,5% o‘sishga erishdi.
‒ “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” ‒ 25,3 ming tonna, rejadan 103,4% ga yuqori.
Kon yuzasini ochish ishlari bo‘yicha jami ko‘rsatkich — 13 503,1 ming kub metr, rejaga nisbatan 81,2% bajarilgan. Ushbu vazifa “Angren ko‘mir koni” filiali bo‘yicha 80,6% ga, “Apartak ko‘mir koni” filiali” bo‘yicha 85,6% ni tashkil etdi. Kon yuzasini ochish ishlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 157,2%ga teng bo‘ldi.
Ko‘mir ortib yuborish. Yanvar-may oylarida iste’molchilarga 2 476,1 ming tonna ko‘mir yuborildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119,1 foizni tashkil etadi.
‒ Issiqlik elektrostansiyalariga — 1 761,9 ming tonna (104,2%)
‒ “Sirdaryo ko‘mir invest” MChJ orqali “TES” AJ uchun — 430,3 ming tonna (122,0%)
‒ Budjet tashkilotlariga – 107,6 ming tonna, bu rejaning 67,6% ni tashkil qiladi.
‒ Aholi ehtiyojlari uchun ‒ 151,7 ming tonna, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 183,1 foizga tengdir.
‒ Birja va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali ‒ 23,9 ming tonna.
‒ Kaolin qazib olish: 233,8 ming tonna, rejaga nisbatan 69,8%.
‒ Kaolin yuklab yuborish: 172,3 ming tonna, rejaga nisbatan 51,4%.
“O‘zbekko‘mir” AJ 2025-yilning yanvar-may oylarida ko‘mir qazib olish bo‘yicha rejasi ortig‘i bilan bajarildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish
“Yashil makon”: rahbar va yoshlar bir maydonda ko‘chat ekdi
Haftaning har payshanbasi rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, galdagi uchrashuv “Yashil makon” umummilliy eko harakati doirasida o‘tkazildi. “O‘zbekko‘...
O'qish
“Liebher” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Bugun Germaniyaning “Liebherr” kompaniyasi vakillari bilan “O‘zbekko‘mir” AJda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O. Ismoilov...
O'qish