Ustoz konchilarga bayramona ehtirom
Nashr qilingan sana: 30.09.2025 16:42:56O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Zamin-2” tantanalar zalida o‘tgan tadbirga jamiyat korxonalarida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan 160 nafar ustoz konchi taklif etildi.
Konchilik — sermashaqqat va sharafli kasb. Bugungi kunda ushbu kasbni e’zozlab, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, ish va kasb odobini o‘rgatib kelayotgan ustoz konchilar mehnati tufayli konchilik sanoati izchil rivojlanmoqda. Bayram tadbirida ana shu ustozlar sha’niga har qancha tahsin aytsak arziydi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov hamda Jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O. Ismailov tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib, ustoz konchilarning murabbiylik faoliyatini alohida e’tirof etdilar.
Bugungi kunda Jamiyat tarkibida 11 ta filial faoliyat yuritmoqda. Ulardan uchtasi ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullansa, qolganlari yordamchi tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy hisobda jamiyatda 6 ming nafarga yaqin kishi mehnat qiladi. Ustoz konchilar o‘z bilim va tajribalarini sidqidildan yoshlarga o‘rgatmoqda. Shuning natijasida Jamiyat yil sayin ishlab chiqarish hajmini oshirib, qattiq yoqilg‘ini iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib bermoqda.
Tadbirda so‘z olgan “Angren ko‘mir koni” filiali ijrochi direktori A. Korchagin, “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali boshlig‘i E. Ergashev va boshqa mas’ullar ham ustoz konchilarga samimiy tilaklarini izhor etdilar.
Jarayonda ustoz konchilarga gullar va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Bayramona to‘kin dasturxon atrofida to‘plangan mehnat faxriylari uchun O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov hamda O‘zbekiston xalq xofizi Orolmirzo Safarov ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
“O‘zbekko‘mir” AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni A...
O'qish
Bugun 9-fevral buyuk mutafakkir, Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan.Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan....
O'qish
Kasaba uyushma qo‘mitasi delegatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekko‘mir” AJning Angren ko‘mir koni filialida kasaba uyushma qo‘mitasi delegatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Yig‘ilishda BKUK raisi A. Qayumov ham qatnas...
O'qish
O‘zbekko‘mir AJ: Sun’iy Intellekt va Texnologiyalar — Raqamli Kelajak Sari
Oʻzbekko‘miAJ ijro apparati majlislar zalida Rossiyaning Timsoh kompaniyasi vakillari bilan sun’iy intellekt texnologiyalari boʻyicha umumiy tushuntirish berildi. Suvniy...
O'qish