Ustoz konchilarga bayramona ehtirom
Nashr qilingan sana: 30.09.2025 16:42:56O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Zamin-2” tantanalar zalida o‘tgan tadbirga jamiyat korxonalarida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan 160 nafar ustoz konchi taklif etildi.
Konchilik — sermashaqqat va sharafli kasb. Bugungi kunda ushbu kasbni e’zozlab, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, ish va kasb odobini o‘rgatib kelayotgan ustoz konchilar mehnati tufayli konchilik sanoati izchil rivojlanmoqda. Bayram tadbirida ana shu ustozlar sha’niga har qancha tahsin aytsak arziydi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov hamda Jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O. Ismailov tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib, ustoz konchilarning murabbiylik faoliyatini alohida e’tirof etdilar.
Bugungi kunda Jamiyat tarkibida 11 ta filial faoliyat yuritmoqda. Ulardan uchtasi ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullansa, qolganlari yordamchi tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy hisobda jamiyatda 6 ming nafarga yaqin kishi mehnat qiladi. Ustoz konchilar o‘z bilim va tajribalarini sidqidildan yoshlarga o‘rgatmoqda. Shuning natijasida Jamiyat yil sayin ishlab chiqarish hajmini oshirib, qattiq yoqilg‘ini iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib bermoqda.
Tadbirda so‘z olgan “Angren ko‘mir koni” filiali ijrochi direktori A. Korchagin, “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali boshlig‘i E. Ergashev va boshqa mas’ullar ham ustoz konchilarga samimiy tilaklarini izhor etdilar.
Jarayonda ustoz konchilarga gullar va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Bayramona to‘kin dasturxon atrofida to‘plangan mehnat faxriylari uchun O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov hamda O‘zbekiston xalq xofizi Orolmirzo Safarov ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi.
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati istiqbollari “Глобус” jurnalida yoritildi
Rossiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi nufuzli nashrlaridan biri – “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil may oyidagi 2 (91)-sonida ko...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish