Arzonlashtirilgan mahalliy koʻmir yetkazib berilishi ishchi guruh nazoratida
Nashr qilingan sana: 21.11.2023 11:19:06Xabaringiz bor, "Oʻzbekkoʻmir" AJga qarashli "Koʻmir taʼminot" MCHJ hududiy filiallarida Bosh direktor tomonidan tasdiqlangan ishchi guruh korrupsiyaning oldini olish maqsadida tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Navbatdagi nazorat tadbiri "Koʻmir taʼminot" MCHJ Qashqadaryo viloyat filialining Gʻuzor koʻmir omborida oʻtkazildi. Omborda xaridorlarga xizmat koʻrsatishning ahvoli oʻrganildi, ombor masʼul xodimlari va mahalliy fuqarolar bilan suhbat olib borildi.
Jarayonda filial va koʻmir omborlari masʼul xodimlari tomonidan korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar yetarli oʻrganilmaganligi, xodimlar bilan korrupsiyaga qarshi suhbatlar muntazam oʻtkazilmaganligi, koʻrgazmali targʻibot vositalari ham javob bermasligi aniqlandi va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga, koʻmir ombori masʼul xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida "Qoʻshimcha kelishuv"ning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirilib, aholiga moʻljallangan koʻmirni talon-taroj qilish, sunʼiy oshirilgan narxda sotish kabi holatlarga yoʻl qoʻyish javobgarlikka sabab boʻlishi haqida qatʼiy ogohlantirildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish