Buxoroda “Talaba Expo-2025” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 25.09.2025 13:55:57
Buxoro shahrida ish beruvchilar tomonidan bitiruvchilar uchun navbatdagi “Talaba Expo-2025” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ ham ish beruvchi sifatida o‘zida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Tadbir tafsilotlari
🔹320 dan ortiq ish beruvchi tashkilot 2150 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi;
🔹9235 nafar yosh yarmarkaga tashrif buyurdi;
🔹2500 ga yaqin ishtirokchi ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tdi;
🔹1031 nafar yosh ishga joylashishga muvaffaq bo‘ldi;
🔹72 nafar ishtirokchi o‘z tadbirkorlik loyihasini taqdim etdi.
Yarmarka davomida “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan yoshlar uchun “Kelajakka ilk qadam”, “Kelajak uchun start” va “Yorug‘ kelajak sari” kabi uchta yangi kredit mahsulotlari taqdim etildi. Ushbu xizmatlar yoshlarning amaliy g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Har bir murojaatga yechim bor
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib...
O'qish