“Kiberxavfsizlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 13.06.2025 18:38:38

13-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik markazida “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida “Kiberxavfsizlik: mutaxassislar va yoshlar muloqoti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda yosh mutaxassis va filiallar yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni Jamiyat Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi raisi D.Abdurahmonov ochib, “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlarning ma’naviy va amaliy ahamiyatini ta’kidladi.
Tadbir jarayonida axborot texnologiyalari va komplaens xizmatlari mutaxassislari kiberhujumlar, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, onlayn firibgarlik holatlari va ulardan himoya choralari haqida ma’lumot berishdi. Xususan, begona shaxslar bilan shubhali aloqa qilish, noma’lum Telegram kanallardan foydalanish shaxsiy va korporativ ma’lumotlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani qayd etildi.
Angren shahar IIB tezkor xodimlari U. Sultonov va T. Xoldorov internet va bank tizimlari orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tajribasi bilan bo‘lishishdi.
Ish joyidagi moddiy boyliklarni o‘zlashtirish, hujjat soxtalashtirish kabi holatlar qonuniy oqibatlari — jinoiy va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Har bir xodim, ayniqsa yoshlar, o‘z vazifasini halollik, qonunga hurmat va mas’uliyat bilan bajarishi zarur. Tadbirda ana shular haqida ham so‘z yuritildi.
Komplaens xizmati rahbari U. Ro‘ziev esa o‘z so‘zida yosh mutaxassislarning shaxsiy pozitsiyasi va ahloqiy barqarorligi axborot xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi immunitetda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Ushbu uchrashuv axborot xavfsizligi, huquqiy ong va ichki tartibni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Oxirgi yangiliklar:
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish
Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y
Xabaringiz bor, mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan. Joriy yilning 3-aprel kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJda ana shu an’ana “Ya...
O'qish