Ko‘mir yetkazib berish elektron platforma orqali amalga oshirilmoqda
Nashr qilingan sana: 11.12.2024 07:05:17
10-dekabr kuni OKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbekko‘mir" AJ axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev aholini va ijtimoiy soha ob’ektlarini ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Unda ta’kidlanishicha, respublikamizda energiya resurslariga talab yildan-yilga ortib bormoqda. Ushbu talabni qondirishda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tashqari, ko‘mirdan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston ko‘mir zahiralariga boy bo‘lib, asosiy yoqilg‘i manbalari Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un, Boysun hamda Toshkent viloyatidagi Angren ko‘mir havzalaridir.
– “O‘zbekko‘mir” AJ joriy yilning o‘n bir oyida 6,3 million tonna ko‘mir qazib olib, yillik rejani muddatidan avval bajardi. Shu davrda qazib olish rejasi “Angren ko‘mir kon”da 111,3 foizga, shaxta usulida ko‘mir qazib olishda 112,1 foizga, “Apartak kon”da esa 114,2 foizga uddalandi. Yanvar-noyabr oylari davomida iste’molchilarga 5,3 million tonna ko‘mir yetkazib berildi. Shu jumladan, 3,4 million tonnasi issiqlik elektr stansiyalariga, 624,8 ming tonnasi byudjet tashkilotlariga, 1,06 million tonnasi esa aholi ehtiyojlari uchun yuborildi. Birja savdolari orqali 185,6 ming tonna ko‘mir sotildi, – dedi N.Dushayev.
Tadbirda aholi va byudjet tashkilotlariga mo‘ljallangan ko‘mir “Ko‘mir ta’minot” MCHJning 90 ta hududiy ombori va 13 ta shoxobchasi orqali tarqatilayotgani ta’kidlandi. Unga ko‘ra, 1 dekabrga qadar byudjet tashkilotlariga 376,9 ming tonna, tadbirkorlik sub’ektlariga 231,1 ming tonna, aholiga esa 906,2 ming tonna ko‘mir yetkazilgan. Shu jumladan, olis qishloqlarga 75,2 ming tonna mahalliy ko‘mir yuborilgan.
E’tiborlisi, joriy mavsumdan aholiga ko‘mir yetkazib berish elektron platforma orqali amalga oshirilmoqda. Mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan onlayn ro‘yxat asosida hududlardagi MFYlar orqali taqsimot yo‘lga qo‘yildi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA
https://uza.uz/uz/posts/joriy-mavsumdan-aholiga-komir-etkazib-berish-elektron-platforma-orqali-amalga-oshirilmoqda_665947
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish