“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori V.V.Kuznetsovning tabrigi
Nashr qilingan sana: 16.05.2024 21:57:34Aziz konchilar va mehnat faxriylari!
Hurmatli hamkasblar!
Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlarining kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Konchilik Ona yer bag‘ridan insoniyatga in’om etilgan qazilma boyliklarni qahramonliklarga to‘la mehnati bilan qazib olib, elu yur uchun taqdim etadigan, iqtisodiyotni yuksaltirishga, xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladigan sohadir. Siz o‘z hayoti va qizg‘in mehnat faoliyatini ushbu sohaga bag‘ishlagan va bag‘ishlab kelayotgan sharafli kasb egalarisiz. Biz o‘z ishingizga sadoqat bilan sidqidildan qilayotgan mehnatingizni yuksak qadrlaymiz. Ko‘mir qazib olish va iqtisodiyot tarmoqlariga o‘z vaqtida, sifatli yetkazib berish, O‘zbekistonda elektr energetikasi barqarorligini ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Bu boradagi ishlarning samaradorligi, shubhasiz Sizning mehnatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Hurmatli hamkasblar va do‘stlar!
O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni Angren shahri ahli uchun katta bayramlardan biridir. Zero, Angren tom ma’noda konchilar shahridir. Bu yerda o‘tgan 76 yil mobaynida minglab ajoyib konchilar va ularning sulolalari yetishib chiqdi. Bugungi kunda ana shu sulolalar vakillari bo‘lgan Siz aziz konchilar otalar boshlab bergan konchilik an’aanalarini izchil va sharaf bilan davom ettirmoqdasiz.
Barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Sizga sihat-salomatlik, oilangizga baxt, mashaqqatli va sharafli ishlaringizda hamisha omad tilayman.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijro apparati majlislar zalida EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi Mazkur seminar Unicon Soft kompan...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi
O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga q...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJ'ning 2025-yil natijalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda jami 7,137 million tonna ko‘mir qazib olindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 105,5% ni tashkil etdi. Bu haq...
O'qish
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar census.stat.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tis...
O'qish