Piyoda yurish — men uchun odat!
Nashr qilingan sana: 22.09.2025 14:53:38
Men Angren shahar Yangi Jigariston mahallasida yashayman. Uydan ish joyimgacha masofa katta emas — taxminan 3500 qadam. Ammo imkon qadar har kuni 10 ming qadam yurishga odatlanishga harakat qilaman.
O‘tgan yili yurak va qon-tomirlarimdagi muammo sabab shifokorlar ko‘proq piyoda yurish va doimo harakatda bo‘lishni tavsiya qilishgan edi. Shu paytdan boshlab, ertalab quyosh chiqqunga qadar mahallada piyoda sayr qilishni odat qildim.
Bu odatni qo‘shnimga ham tavsiya qildim. Uch oy oldin uning vazni 130 kg bo‘lib, yuqori qon bosimi bilan qiynalib yurar edi. Hozir esa 20 kg dan ortiq vazn tashladi, qon bosimi me’yoriga tushdi. Endi biz birgalikda ertalab bir soat piyoda yuramiz.
Ba’zi kunlari ish zarurati bilan mashinada qatnashimga to‘g‘ri keladi. Ammo qolgan kunlari piyoda yurishni afzal bilaman. Taxminan 32 daqiqada ishga yetib kelaman va o‘zimni tetik hamda bardam his qilaman.
🚘 Mashina qulay tuyulsa-da, yo‘lda turli muammolar bo‘ladi: yonilg‘i tugashi, texnik nosozliklar, qoidabuzarlar, tirbandliklar… Avtomobillar tutuni esa havoni ifloslab, sog‘lig‘imizga zarar keltiradi.
Bugun — “Avtomobilsiz kun”!
Lekin men uchun bu faqat bir kunlik emas, balki yil bo‘yi davom etadigan hayot tarzi.
🌱 Sog‘lom turmush tarzi va musaffo havo uchun mening hissam shudir.
Qutlug‘ Teshaboyev,
"O‘zbekko‘mir" AJ TIA va IV boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Har bir murojaatga yechim bor
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib...
O'qish