Piyoda yurish — men uchun odat!
Nashr qilingan sana: 22.09.2025 14:53:38
Men Angren shahar Yangi Jigariston mahallasida yashayman. Uydan ish joyimgacha masofa katta emas — taxminan 3500 qadam. Ammo imkon qadar har kuni 10 ming qadam yurishga odatlanishga harakat qilaman.
O‘tgan yili yurak va qon-tomirlarimdagi muammo sabab shifokorlar ko‘proq piyoda yurish va doimo harakatda bo‘lishni tavsiya qilishgan edi. Shu paytdan boshlab, ertalab quyosh chiqqunga qadar mahallada piyoda sayr qilishni odat qildim.
Bu odatni qo‘shnimga ham tavsiya qildim. Uch oy oldin uning vazni 130 kg bo‘lib, yuqori qon bosimi bilan qiynalib yurar edi. Hozir esa 20 kg dan ortiq vazn tashladi, qon bosimi me’yoriga tushdi. Endi biz birgalikda ertalab bir soat piyoda yuramiz.
Ba’zi kunlari ish zarurati bilan mashinada qatnashimga to‘g‘ri keladi. Ammo qolgan kunlari piyoda yurishni afzal bilaman. Taxminan 32 daqiqada ishga yetib kelaman va o‘zimni tetik hamda bardam his qilaman.
🚘 Mashina qulay tuyulsa-da, yo‘lda turli muammolar bo‘ladi: yonilg‘i tugashi, texnik nosozliklar, qoidabuzarlar, tirbandliklar… Avtomobillar tutuni esa havoni ifloslab, sog‘lig‘imizga zarar keltiradi.
Bugun — “Avtomobilsiz kun”!
Lekin men uchun bu faqat bir kunlik emas, balki yil bo‘yi davom etadigan hayot tarzi.
🌱 Sog‘lom turmush tarzi va musaffo havo uchun mening hissam shudir.
Qutlug‘ Teshaboyev,
"O‘zbekko‘mir" AJ TIA va IV boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish
“Yashil makon”: rahbar va yoshlar bir maydonda ko‘chat ekdi
Haftaning har payshanbasi rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, galdagi uchrashuv “Yashil makon” umummilliy eko harakati doirasida o‘tkazildi. “O‘zbekko‘...
O'qish
“Liebher” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Bugun Germaniyaning “Liebherr” kompaniyasi vakillari bilan “O‘zbekko‘mir” AJda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O. Ismoilov...
O'qish