Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 14.11.2025 11:49:13“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xitoy Xalq Respublikasining “China Coal Resources Development Co. Ltd.” kompaniyasi boshqaruv raisi Lyu Gosheng boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Angren ko‘mir koni” filialining dispetcherlik markazi faollari zalida tashkil etilgan tadbirda delegatsiya vakillariga Jamyatda ishlab chiqarishning bugungi holati, qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalar, qazib olish jarayonlari, ustki qismni ochish ishlari hamda iste’molchilarga ko‘mir yetkazib berish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Delegatsiya a’zolari “Angren” ko‘mir koni faoliyati bilan ham tanishdilar. Ular kuzatish ayvonchasida ko‘mir qatlamining qalinligi, ustki qismni ochishga mo‘ljallangan hudud, yo‘ldosh tog‘ jinslari va ularning zaxiralari, kon maydonining uzunligi va kengligi, texnologik transportlar hamda ichki va tashqi otvallar holati haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv chog‘ida Lyu Goshen O‘zbekiston kon sanoati bilan hamkorlik qilib kelayotganidan minnatdorligini bildirib, shu kunga qadar uch marotaba delegatsiya yuborilgani va har safar samimiy munosabatda kutib olinganini ta’kidladi. Uning aytishicha, kompaniya Xitoyda konchilik sohasida katta tajriba va malakaga ega yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Korxona tarkibida uchta ochiq va uchta yer osti usulida ko‘mir qazib oluvchi korxonalar mavjud bo‘lib, ular aralash usulda (kombinirovannaya sistema) ishlaydi. Yillik qazib olish hajmi 80 million tonnaga yaqinni tashkil etadi.
Shuningdek, kompaniya ko‘mirni quruq usulda boyitish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga egaligi, Xitoyda mazkur uskunalar ommaviy joriy etilayotgani ma’lum qilindi. Delegatsiya Jamiyat ichki omborlarda yig‘ilgan kulchanligi yuqori ko‘mirlarni quruq usulda boyitib iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha taklif ham bildirdi.
Uchrashuv yakunida kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, konlardagi muammolarni birgalikda hal etish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorinningbirinchi o‘rinbosari O. Yahyoev ishtirok etdi.
Qutlug‘ Teshaboev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiya boshqarmasi boshlig‘i
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish