Angren konchilari mehnati jahon media maydonida
Nashr qilingan sana: 07.07.2026 09:55:34
Har qanday korxona va tashkilotning jahon media maydoniga chiqishi uning nufuzi, ochiqligi va xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyati nafaqat respublika ommaviy axborot vositalarida, balki xorijiy nashrlarda ham muntazam yoritib kelinmoqda.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan «Globus: geologiya i biznes» xalqaro ixtisoslashgan jurnali bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali ijodiy hamkorlik o‘zbek konchilari mehnati, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va “O‘zbekko‘mir” AJning ishlab chiqarish salohiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jurnalning rasmiy saytida navbatdagi «Твои дороги, разрез…» («Sening yo‘llaring, razrez…») nomli maqola e’lon qilindi. Unda Angren razrezidagi yo‘l-ta’mirlash xizmati faoliyati, ochiq konda texnologik avtomobil yo‘llarini qurish va ularni yilning barcha fasllarida soz holatda saqlash uchun amalga oshirilayotgan mas’uliyatli ishlar haqida hikoya qilinadi.
Maqolada razrezdagi qariyb 35 kilometr texnologik yo‘llarning ko‘mir qazib olish jarayonidagi o‘rni, og‘ir yuk tashuvchi texnika harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarni qurish, ta’mirlash va tiklash ishlarining o‘ziga xos jihatlari keng yoritilgan. Shuningdek, ballast tayyorlash, drenaj tizimlarini barpo etish, yo‘llarni tekislash, qish va bahor mavsumida yuzaga keladigan murakkab sharoitlarda yo‘llarni ishchi holatda ushlab turish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berilgan.
Nashr qahramoni – Angren razrezining 18-sonli yo‘l-ta’mirlash uchastkasi boshlig‘i Anvar Dushayev. Uning mehnat faoliyati, ko‘p yillik ishlab chiqarish tajribasi, rahbarligidagi jamoaning fidokorona mehnati va razrezda uzluksiz ish jarayonini ta’minlashdagi hissasi ta’sirchan misollar orqali ochib berilgan. Shuningdek, kon yo‘llarida mehnat qilayotgan haydovchilar, yo‘l ustalari va boshqa ishchilarning kundalik mashaqqatli mehnati haqida ham qiziqarli lavhalar keltirilgan.
Maqola muallifi – tajribali jurnalist Diana Andreyeva. U Angren shahri va uning konchilik hayotini yaxshi biladigan, ko‘p yillardan buyon “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati, uning tarkibiy korxonalari hamda mehnat jamoalari faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Diana Andreyeva konchilar bilan bevosita muloqot qiladi, ochiq konlarga tushib, ishlab chiqarish jarayonlarini joyida kuzatadi va mehnat insonlari haqida hayotiy, samimiy hamda ta’sirchan materiallar tayyorlaydi.
Uning navbatdagi maqolasi ham aynan ana shu fidokor insonlar – Angren konchilari va ularning og‘ir, ammo sharafli mehnatiga bag‘ishlangan bo‘lib, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining xalqaro axborot makonida keng targ‘ib etilishiga yana bir munosib hissa bo‘ldi.
Maqola bilan batafsil tanishish uchun quydagi havolaga kiring:
https://www.vnedra.ru/glavnaya-tema/tvoi-dorogi-razrez-31728/
Oxirgi yangiliklar:
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish