Arzonlashtirilgan mahalliy koʻmirni talon-taroj qilishning oldi olinmoqda
Nashr qilingan sana: 20.11.2023 05:45:32Arzonlashtirilgan mahalliy koʻmirni talon-taroj qilishning oldi olinmoqda
Xabaringiz bor, "Oʻzbekkoʻmir" AJga qarashli "Koʻmir taʼminot" MCHJ masʼul xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlari uchun berilishi lozim boʻlgan koʻmir mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlarining oldini olish maqsadida hududlarda aksiyadorlik jamiyatining ishchi guruhi tomonidan huquq-tartibot organlari tadbirlari natijasida oshkor etilgan holatlar, ularga nisbatan amaldagi qonunchilik talablari asosida javobgarlikka tortilayotganligi mavzusida davra suhbatlari o'tkazilmoqda.
Bu galgi tadbir, Surxondaryo viloyatining Muzrabod tuman hokimligida "Koʻmir taʼminot" MCHJ viloyatdagi omborlar mudirlari, tuman prokuraturasi hamda viloyat mahalla fuqarolari yig'inlari raislari ishtirokida o'tkazildi.
Ishchi guruhi tomonidan viloyat rahbariyati va hududiy koʻmir omborlari mudirlariga ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida "Qoʻshimcha kelishuv"ning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib oʻtildi. Filialning mutasaddi rahbarlari va hududiy koʻmir omborlari mudirlariga aholiga koʻmir tarqatishda belgilangan jadvalga qatʼiy amal qilish va sustkashlikka yoʻl qoʻymasliklari haqida tegishli koʻrsatmalar berildi. Ayni paytda Ishchi guruhi tomonidan tashkil etilayotgan targʻibot ishlari 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan. Aksilkorrupsiya oyligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarga qoʻshib olib borilmoqda.
Obuna bo'lish👇
https://t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish