“Avtomobilsiz kun”: – bir kunlik tashabbus – doimiy odat
Nashr qilingan sana: 10.07.2026 14:46:25
Ba’zan katta o‘zgarish uchun juda katta ish qilish shart emas. Bir kunga bo‘lsa ham xizmat avtomobilidan voz kechish, piyoda yurish yoki jamoat transportidan foydalanish ham tabiat uchun, ham inson salomatligi uchun munosib hissa bo‘la oladi.
“Avtomobilsiz kun” aksiyasi ham ana shunday ezgu tashabbuslardan biri.
Bu galgi aksiyada ham jamiyatimiz xodimlari odatlagidek faol ishtirok etdi. Natija raqamlarda ham yaqqol ko‘rindi.
Bugungi kunda jamiyatimiz tasarrufida 51 ta yengil xizmat avtomobili mavjud. Shundan 9 tasi ta’mirtalab, 9 tasi benzinda, 33 tasi esa siqilgan metan gazida harakatlanadi. Oddiy ish kunida ana shu 33 ta avtomobil o‘rtacha 1000 kub metr gaz sarflaydi.
Aksiya kuni esa ularning atigi 7 tasi xizmatga chiqdi. 26 ta avtomobil garajdan chiqmadi. Natijada bir kunda qariyb 788 kub metr tabiiy gaz tejaldi. Bu esa atmosferaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan qariyb 1,5 tonna karbonat angidrid chiqindisining oldi olinganini anglatadi.
Bu raqamlar shunchaki hisob-kitob emas. Bu – shahar havosining tozaroq bo‘lishi, ko‘chalarda transport oqimining kamayishi va tabiatga ehtiyotkor munosabatning amaliy ifodasidir.
Aksiyaning yana bir yaxshi jihati bor. Avtomobillar yo‘lga chiqmagan kuni haydovchilar ham bekor o‘tirishmadi. Ular garajda texnikalarni ko‘zdan kechirib, mayda nosozliklarni bartaraf etishmoqda, profilaktika ishlarini amalga oshirishyapti. Bu ham transport vositalarining ishonchli va xavfsiz xizmat qilishi uchun muhim.
Bizda o‘z kasbini sidqidildan bajaradigan, ko‘p yillik tajribasini yoshlarga o‘rgatib kelayotgan haydovchilar ko‘p. Ana shunday insonlardan biri Abdurahmon Mamatovdir. U nafaqat tajribali haydovchi, balki yosh hamkasblar uchun haqiqiy ustoz. Mehnatga munosabati, intizomi va mas’uliyati bilan hammaning hurmatini qozongan.
Aksiya davomida mexanik Behruz Yunusov ham katta jonbozlik ko‘rsatmoqda. Avtotransportlarning texnik holatini nazorat qilish, haydovchilar bilan hamjihatlikda ishlarni tashkil etishda uning mehnati alohida e’tirofga loyiq.
“Avtomobilsiz kun” bizga yana bir haqiqatni ko‘rsatdi: zarur bo‘lmagan hollarda avtomobildan foydalanmasak ham ishimiz izidan chiqmaydi. Aksincha, bundan tabiat ham, iqtisod ham, sog‘lig‘imiz ham yutadi.
Shunday ekan, ekologik madaniyatni faqat bir kunlik aksiya sifatida emas, balki kundalik hayotimizga singdirishga harakat qilishimiz kerak. Tabiatni asrash katta ishlardan emas, har birimizning kichik, ammo mas’uliyatli qadamlarimizdan boshlanadi.
Ilhom Bekmurzaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ “Transport” filiali avtotransportlardan foydalanish bo‘limi boshlig‘i
Oxirgi yangiliklar:
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish