Bayramingiz muborak boʻlsin, muhtarama ayollar!
Nashr qilingan sana: 07.03.2024 00:49:27Bahor faslining ilk bayrami – uzoq kutilgan va ajoyib 8 mart kuni yaqinlashmoqda. Shu munosabat bilan aksiyadorlik jamiyatimizda samarali mehnat qilib kelayotgan Siz, aziz xotin-qizlarni samimiy muborakbod etaman.
Bugun konchi-ayollar er kishilar bilan birgalikda ular bitta umumiy va juda muhim vazifani bajarib kelishmoqda – ular koʻmir qazib olishdek mashaqqatli va xayrli ishda faol ishtirok etmoqdalar. Va shu bilan birga ular kundalik, ishlab chiqarish yoki moddiy qiyinchiliklardan qoʻrqmaydilar. Ayollar bir paytlar ogʻir urush yillarida mamlakatga qoʻshimcha tonna "qora oltin" berish uchun shaxtalarda, yer ostida ishlaganlar. Koʻmir sanoatini rivojlantirishda hozirgi tinch-totuvlik davrida ham ularning hissasi aslo kam emas.
Konchi-ayollarimiz hayotning haqiqiy maʼnosini biz bilan saxiylik ila baham koʻrib kelmoqdalar. Barchamiz har kuni qiladigan yagona ish – ona Yer qaʼridan uning tabiiy boyliklarini qazib olishga katta hissa qoʻshayotganingiz uchun Sizlarga cheksiz tashakkurlar aytamiz. Zero, aksiyadorlik jamiyatimizda xotin-qizlar mehnati yuksak qadrlanadi.
Qadrli konchi ayollar, aziz onaxonlar va opa-singillar!
Barchangizni 8 -mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sizga baxt, sogʻlik, oila va davlat ishlarida hamisha muvaffaqiyatlar tilayman. Qalbingiz doimo bahoriy quvonchlar bilan limmo-lim boʻlsin.
V.V.Kuznetsov,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish