Dashtobod ko‘mir ombori: navbatdagi murojaatga munosabat
Nashr qilingan sana: 14.07.2026 14:47:432026-yil 13-iyul kuni EKOLOG.UZ saytida Dashtobod shahridagi ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan “Ko‘mir changi salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” sarlavhasi ostida navbatdagi murojaat e’lon qilindi.
Ushbu murojaat yuzasidan “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Jizzax viloyati filiali rahbari M. Xurramov imzosi bilan quyidagi mazmunda javob xati taqdim etildi.
“Mazkur masala yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati bo‘yicha avval ham jamoatchilikka rasmiy munosabat bildirilgan hamda ombor hududida chang tarqalishining oldini olish, sanitariya va ekologik talablarga rioya etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berilgan, deyiladi javob xatida. – Shunga qaramasdan, kelib tushgan har bir murojaat e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Shu munosabat bilan 2026-yil 14-iyul kuni “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Jizzax viloyati filiali mas’ul xodimlari N. Sarimsaqov va A. Xudoyboqov, “Bunyodkor” mahallasi profilaktika inspektori J. Narzullaev hamda mahalla raisi G‘. Mamatkarimov ishtirokida murojaat joyida o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘mir ombori atrofida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashildi. Suhbat chog‘ida murojaatni shu mahallada yashovchi fuqaro Farrux Meliqo‘ziyev mahalla aholisi bilan kelishmasdan shaxsan o‘zi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan ko‘mir omborida muntazam ravishda ko‘mir uyumlari va hududga suv sepilayotgani, ombor ichi va atrofida tozalik hamda obodonlashtirish ishlari doimiy ravishda olib borilayotgani qayd etildi.
O‘rganish jarayonida murojaatga ilova qilingan ayrim foto va videotasvirlar avvalgi yillarda tasvirga olingani, hozirgi kunda esa mahalla ichki yo‘llariga asfalt yotqizilgani hamda ombor hududida chang tarqalishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar muntazam amalga oshirilayotgani aniqlandi. Bu holat yuzasidan mahalla fuqarolarining yozma tushuntirishlari ham olindi”.
Jizzax viloyati filiali rahbari javob xatida, shuningdek, aholi murojaatlariga doimo mas’uliyat bilan yondashilishi, Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan kelib tushgan har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganilishi va zaruratga qarab vakolatli tashkilotlar ishtirokida qo‘shimcha choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.
Unda aholi salomatligi, qulay yashash muhiti hamda ekologik talablarga rioya etish jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan har bir taklif va mulohaza e’tibor bilan ko‘rib chiqilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi qayd etilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish