Islom sivilizatsiyasi markazi – ma’naviy-ma’rifiy sayohatning bosh manzili
Nashr qilingan sana: 03.08.2026 12:04:51O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni o‘zida mujassam etgan noyob maskandir. Bugun u nafaqat ma’rifat markazi, balki milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrash va ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishning muhim o‘chog‘iga aylanmoqda.
Ana shu ezgu maqsadlardan kelib chiqib, “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari uchun Toshkent shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazidagi noyob ekspozitsiyalar bilan tanishdilar, Zangiota ziyoratgoh majmuasini ziyorat qildilar hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdilar.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy sayohat ishtirokchilarda yurtimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga nisbatan chuqur hurmat va faxr tuyg‘ularini uyg‘otib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish