Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Nashr qilingan sana: 18.06.2026 17:45:03Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda jamiyat tasarrufidagi sport inshootlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida qabul qilingan.
Buyruqqa ko‘ra, jamiyat ijro apparati va barcha filiallarida har haftaning juma kuni “Sport kuni” deb belgilandi. Shu kuni ish vaqti boshlanganidan so‘ng dastlabki 10 daqiqa davomida xodimlar uchun ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, filial rahbarlariga xodimlarning sport mashg‘ulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish hamda shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda ularda bevosita qatnashish vazifasi yuklatildi.
Hujjatga muvofiq, xodimlarning ishdan keyingi yoki tanaffus vaqtlarida ixtiyoriy asosda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Jamiyat tasarrufidagi sport inshootlari va ochiq maydonchalarda stol tennisi, voleybol, futbol, stritbol, badminton, shashka va shaxmat bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, jamiyat miqyosida ommaviy sport musobaqalari va tadbirlari asosan shanba kunlari o‘tkazilishi, har yarim yillikda kamida to‘rtta sport turi bo‘yicha tizimli musobaqalar tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanishi belgilangan.
Buyruq ijrosini nazorat qilish “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O.Ya. Ismailov zimmasiga yuklatilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Muhofaza va ehtirom: Jamiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi...
O'qish
Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkor...
O'qish
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish