Korxonalarda milliy ruh – chelenjga barcha qo‘shilmoqda
Nashr qilingan sana: 08.08.2025 19:22:03.jpg)
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida an’anaviy milliy liboslar chelenji o‘tkazildi.
“Jamiyat xodimlari nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki milliy qadriyat va an’analarni targ‘ib etishda ham faol ishtirok etmoqda.
2025-yil 8-avgust, juma kuni jamiyat korxonalarida tashkil etilgan an’anaviy “Milliy liboslar” chelenjida “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” hamda “Avtomobil-texnologik transport” filiali xodimlari faol qatnashdilar.
Shuningdek, chelenjda “Ko‘mir ta’minot” MChJ ishchi-xodimlari, jumladan, jamiyatning Sirdaryo viloyati filiali jamoasi ham ishtirok etdi.
Milliy liboslardagi ishchi-xodimlar nafaqat jamiyat faoliyatiga samimiylik va uyg‘unlik baxsh etdi, balki milliy iftixor, an’analarga hurmat ham namoyon bo‘ldi.


Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish