Milliy malaka tizimi rivojida tog‘-kon korxonalari ishtiroki muhokama qilindi
Nashr qilingan sana: 31.07.2026 19:51:28O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamkorligida tog‘-kon sanoati, geologiya va mineral resurslar sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Geologiya fanlari universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda vazirlik vakillari, sohaviy ilmiy va ta’lim muassasalari hamda tarmoq korxonalarining mutaxassislari, jumladan, “O‘zbekko‘mir” AJ vakillari ishtirok etdi.
Seminar-treningda Milliy malaka tizimini joriy etish, kasb va malaka talablarini zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari ehtiyojlariga moslashtirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish hamda korxonalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida “O‘zbekko‘mir” AJ Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umarova tomonidan sohada kadrlar salohiyatini rivojlantirish, xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda malaka tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qilindi.
Shuningdek, jamiyat mutaxassislari seminar doirasidagi muhokamalarda faol ishtirok etib, kasbiy malakalarni rivojlantirish, ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va amaliy ta’lim samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Seminar yakunida tog‘-kon sanoati korxonalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Oxirgi yangiliklar:
Muhofaza va ehtirom: Jamiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi...
O'qish
Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkor...
O'qish
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish