“O‘zbekiston-2030” strategiyasi ijrosi muhokama qilindi
Nashr qilingan sana: 30.06.2024 00:13:24Kon-geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi

2024-yil 28-iyunkuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda vazirlik markaziy apparati hamda videokonferensaloqa orqali uning tizimosti tashkilotlari, shu jumladan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati rahbar-xodimlari ishtirok etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi mas’ul xodimi F.Yunusov markaz faoliyati, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan asosiy maqsad va vazifalar, bevosita vazirlik-idoralar, jumladan Kon-geologiya vazirligi amalga oshiradigan chora-tadbirlar haqida taqdimot qildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari “Uzbekistan2030.uz” platformasi xususida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.



Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish