"O'zbekko'mir" AJ: 2022-yil yakunlari
Nashr qilingan sana: 20.02.2023 08:24:36“Oʻzbekkoʻmir” AJ tasarrufida 11 ta filial mavjud boʻlib, ularda 5 988 nafar ishchi-xodimlar xizmat qiladi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ J tomonidan 2022-yil boshidan belgilab olingan asosiy koʻrsatkichlarning bajarilishi yuzasidan quyidagi natijalarga erishildi:
I. Kon ustini ochish va ko'mir qazib olish ishlari:
2022-yil boshidan (yanvar-dekabr) 2022-yilda 34,4 mln kub.metr hajmda kon ustini ochish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, amalda ushbu koʻrsatkich 17,4 mln kub.metrni yoki rejaga nisbatan 50,5 foizni tashkil etdi.
Yil davomida isteʼmolchilarga 5 319,7 ming tonna koʻmir yetkazib berildi. Ushbu koʻrsatkich tasdiqlangan rejaga nisbatan 825,7 ming tonnaga koʻpdir yoki reja 118,3 foizga bajarildi.
Yetkazib berilgan koʻmir mahsulotlari quyidagicha taqsimlangan:
‒ issiqlik elektr stansiyalariga ‒ 3 674,7 ming tonna;
‒ byudjet tashkilotlariga ‒ 544,6 ming tonna;
‒ aholi isteʼmolchilariga ‒ 912,5 ming tonna.
Eksport koʻrsatkichining bajarilishi
“Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan mahsulot eksporti koʻzda tutilmagan.
INVESTITSIYA dasturi ijrosi boʻyicha
“Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha dastur koʻzda tutilmagan.
Sarf-xarajatlarni qisqartirish
“Oʻzbekkoʻmir” AJ boʻyicha, 2022-yilda 80,5 mlrd soʻmlik sarf-xarajatlarni qisqartirish progonozlashtirilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bu borada tegishli ishlar olib borildi.
Yilning yanvar-dekabr oylarida Jamiyat boʻyicha jami 80,5 soʻm miqdorida xarajatlar qisqartirilib, reja 100,0 foizga bajarildi.
Davlat budjetiga toʻlovlar boʻyicha
“Oʻzbekkoʻmir” AJ 2022-yil yanvar-dekabr oylarida byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga jami boʻlib 288,3 mlrd soʻm miqdorida pul mablagʻi toʻlab berildi.
Importni qisqartirish yuzasidan qilinayotgan ishlar
Chet el davlatlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan Jamiyat ish faoliyati uchun zarur boʻlgan butlovchi va ehtiyot qismlarni hozirda respublikamiz ishlab chiqaruvchi korxonalaridan elektron savdolar asosida xarid qilish natijasida importni qisqartirish 2022-yil boshidan (yanvar-dekabr) jami 2,1 ming dollarni tashkil etib, reja 337,7 foizga bajarildi.
2022-yilda tizim tashkilotlari tomonidan 6,6 mlrd.soʻmlik ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarilish rejalashtirilgan boʻlib, amalda rejaga 6,9 mlrd. soʻm yoki reja 104,2 foizga bajarildi.
Yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha
Shuningdek, yil davomida 50 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
8-dekabr – Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan spektakli namoyish etildi
“O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan filial xodimlari uc...
O'qish
Angren ko‘mir omborlari faoliyati bo‘yicha rasmiy bayonot
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyatining Angren shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘mir omborlari atrof-muhit va aholi salomat...
O'qish
Angrenda imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Angren shahri...
O'qish
Mahalliy ko‘mir narxlari bo‘yicha tarqalgan xabarlarga rasmiy izoh
Ijtimoiy tarmoqlarda Horazm viloyati Bog‘ot tumanidagi ko‘mir omborida mahalliy ko‘mir yoqilg‘isining mayda va yirik fraksiyalari turlicha narxlarda sotilayotgani haqida...
O'qish