“O‘zbekko‘mir AJ aksiyadorlari diqqatiga!
Nashr qilingan sana: 01.07.2024 05:11:23“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida
XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2024-yil 1-iyuldagi qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024-yil 22-iyul kuni, Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2024-yil 1-iyul holatiga tuziladi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2024-yil 16-iyul holatiga tuziladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengash a’zolarini saylash.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.
Telefonlar: (+998 71) 150-39-80; faks: (+998 71) 150- 39- 89.
Elektron manzil: e-mail info@coal.uz, veb sayt: www.uzbekcoal.uz.
Jamiyat Kuzatuv kengashi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish