“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
Nashr qilingan sana: 14.04.2026 19:56:43“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrovli tekshiruv (forenzik tahlil) o‘tkazildi.
Tahlil 2021–2024 yillar oralig‘idagi faoliyatni qamrab oldi. Jarayonda kompaniyaning xarid tizimi, ichki nazorat ishlari, hujjatlar bilan ishlash tartibi va axborot texnologiyalari holati o‘rganildi. Shuningdek, barcha jarayonlarning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi, boshqaruv samaradorligi va nazorat tizimlarining ishlashi baholandi.
Tekshiruv natijasida “O‘zbekko‘mir” AJ uchun xarid jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, barcha ma’lumotlarni yagona tizimga jamlash, ichki nazorat va komplayens (qoidalarga rioya qilish) tizimini kuchaytirish, xarid jarayonlarini yanada shaffof hamda samarali qilishni ko‘zda tutuvchi aniq taklif va rejalar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida xalqaro ESG (atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) tamoyillarini joriy etish borasida ham ishlar davom ettirilmoqda.
Oxirgi yangiliklar:
Mehnatkash, g‘amxo‘r, chin so‘z ustozlarga ehtirom
“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida 1-oktabr ‒ O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Angrendagi muhtasham “Hayot” tantanalar zalida tas...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ochiqlik va shaffoflik masalalari o‘rganildi
11 sentabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma e’lon qilindi. O‘tgan 16 kundan ortiq vaqt davomida unda jami 43...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi Angren ko'mir konida bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh direktorning matbuot kotibi va axborot siyosati...
O'qish
Yoqilg‘i-energetika sohasi: aniq maqsad va vazifalar
Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy...
O'qish