“O‘zbekko‘mir” AJ: ochiqlik va shaffoflik qanday ta’minlanmoqda?
Nashr qilingan sana: 27.02.2024 23:18:15O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 16-iyundagi PF–6247-son farmoniga muvofiq jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini ta’minlash borasida 2023 yil mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
“O‘zbekko‘mir” AJning 2022 yil va 2023 yilning I chorak ish yakunlari hamda galdagi ustuvor vazifalar mavzusiga bag‘ishlab 2023 yil 17 fevral kuni AOKA (https://uza.uz/uz/posts/otgan-yil-2021-yildagiga-nisbatan-200-ming-tonna-kop-komir-qazib-olingan_455372)da, 27 iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazi (https://uzbekcoal.uz/ru/news/ozbekkomir-aj-2022-yil-yakunlari) da matbuot anjumanlari o‘tkazildi va OAVlarda keng yoritildi.
Shuningdek, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Surxondaryo (https://uza.uz/uz/posts/kuz-qish-mavsumi-uchun-mahalliy-komir-bilan-taminlash-tadbirlari-surxondaryoda-qanday-tashkil-etilmoqda_495152) va Andijon viloyatlari filiallariga (https://uza.uz/uz/posts/andizhonda-komir-taminotida-muammo-bolmaydi_551309?q=%2Fposts%2Fandizhonda-komir-taminotida-muammo-bolmaydi_551309) press-tur tashkil etilib, ushbu hududlar misolida aholi iste’molchilarini mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rsatidi va tafsilotlari OAVlar chop etildi. yoritildi.
Jamiyat matbuot kotibi tomonidan jamiyatda oylik, choraklik va yillik faoliyat natijalari haqida axborot resurslarida muntazam ravishda bayonotlar va axborotlar berib borildi.
Hisobot yilida korxona faoliyatini targ‘ib qilish bo‘yicha O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zA, O‘zbekiston MTRK hamda respublikamizning yetakchi gazetalari – “Xalq so‘zi”, “yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka”, “Darakchi gazetalari, shuningdek xorijiy OAV bilan bilan aloqalar mustahkamlanib, matnli maqolalar, ko‘rsatuv va eshittirishlar e’lon qilindi. Jumladan, O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zA tomonidan jamiyat matbuot kotibi Ne’mat Dushayev bilan 2023 yilning 23 yanvarida “Qora oltin zaxiramiz qancha yilga yetadi?” (https://uza.uz/posts/449052), 18 sentyabr kuni “Bu yil kuz-qish mavsumida aholiga qancha ko‘mir yetkazib beriladi” (https://uza.uz/uz/posts/bu-yil-kuz-qish-mavsumida-aholiga-qancha-komir-etkazib-beriladi-mutaxassis-bilan-suhbat_521096), “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 24 oktyabrdagi sonida “Rejalar katta: ko‘mir yetarlimi?” (https://t.me/gazetalar_sharhi/24853), “Pravda Vostoka” gazetasining 2023 yil 1 noyabrdagi sonida “Ko‘mir mahsulotining yangi tariflari” (https://t.me/gazetalar_sharhi/25004), “Darakchi” gazetasining 4 dekabr sonida matbuot kotibi Ne’mat Dushayev bilan “Ko‘mir ta’minotidagi soxta ma’lumotlar” sarlavhali suhbat-maqola (https://t.me/uzbekcoaluz/11969), O‘zbekiston radiosida 8 noyabr kuni “Shu kunning mavzuida jonli eshittirishda matbuot kotibi bilan ko‘mir ta’minotiga oid suhbat-muloqot (https://t.me/uzbekcoaluz/11605) e’lon qilindi.
O‘zbekiston MTRK kanallari orqali jamiyat faoliyatiga oid qator ko‘rsatuvlar efirga uzatildi (https://t.me/uzbekcoaluz/9566, https://t.me/uzbekcoaluz/9758, https://t.me/uzbekcoaluz/9805, https://t.me/uzbekcoaluz/10033, https://t.me/uzbekcoaluz/10041, https://t.me/uzbekcoaluz/10076, https://t.me/uzbekcoaluz/10146, https://t.me/uzbekcoaluz/10643, https://t.me/uzbekcoaluz/10998, https://t.me/uzbekcoaluz/11410 va hokazo).
Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan kon-metallurgiya sanoati sohasiga ixtisoslashgan “Globus” jurnalining 2023 yil may soni 88-90- sahifalarida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori V.V.Kuznesovning “Uzbekugol”: na peredovoy razvitiya otrasli” sarlavhali maqolasi (https://www.vnedra.ru/wp-content/uploads/2023/05/globus76.pdf), shu jurnalining avgust oyi sonida “Angren ko‘mir koni” filiali direktori A.M. Korchaginning “AO “Uzbekugol”: na peredovoy razvitiya otrasli” sarlavhali maqolasi (https://www.vnedra.ru/wp-content/uploads/2023/08/globus77.pdf) e’lon qilindi.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 2023 yil davomida mahalliy ko‘mir mahsulotining sifati, tarqatilishiga oid tanqidiy chiqishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirildi, asossiz tanqidlarga esa raddiya berildi. Xususan, aholiga ko‘mir tarqatish mavsumi boshlangan vaqtda, korxona veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, jumladan sentyabrda – 5 ta, oktyabrda –5 ta, noyabrda –3 ta, dekabrda –2 ta shunday tanqidiy chiqishlarga javoblar e’lon qilindi. Shu bilan birga jamiyat axborot resurslari (telegram-bot) hamda ishonch telefonlari orqali murojaatlar bo‘yicha to‘qqiz holatda Axborot xizmati aralashuvi bilan muammoli masala hal etilib, natijalari Axborot resurslarda tarqatildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ ijtimoiy tarmoqlarida 2023 yil davomida turli mavzularda 15 ta ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha korxona xodimlari faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Korrupsiya holatlariga duch kelasizmi?” (https://t.me/uzbekcoaluz/1011 ), “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun va qarorlar hamda korxona lokal hujjatlari bilan tanishmisiz?” (https://t.me/uzbekcoaluz/10112), "Korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz, bu haqida qayerga va kimga murojaat qilishni bilasizmi?” (https://t.me/uzbekcoaluz/10114), "Mehnat jamoangizda korrupsiya holati haqida qanday fikrdasiz?” (https://t.me/uzbekcoaluz/10111), ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan “Yillik asosiy mehnat ta’tili necha kun?” (https://t.me/uzbekcoaluz/11070), “Ish beruvchini ogohlantirgan holda ishdan bo‘shayotgan xodimga qachon hisob-kitob qilinishi kerak?” (https://t.me/uzbekcoaluz/10966) degan savollar qo‘yilgan so‘rovnomalar shular jumlasidandir.
“Korrupsiya holatlarga duch kelasizmi?” (https://t.me/uzbekcoaluz/10113) degan savolga so‘rovnomada ishtirok etgan 273 respondentning 44 foizi “Ha”, 36 foizi “Yo‘q", 20 foizi "Kam duch kelaman” deb javob bergan.
“Korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz, bu haqida qayerga va kimga murojaat qilishni bilasizmi?” (https://t.me/uzbekcoaluz/10114) degan savolga esa so‘rovnomada ishtirok etgan respondentning 44 foizi “Ha”, 11 foizi qisman, 45 foizini “Yo‘q, bilmayman” deb javob bergan va hokazo.
Jamiyat bugungi kunda global internet tarmog‘ida rasmiy veb-sayti (http://uzbekcoal.uz/) ishlab turibdi va u kundalik axborotlar va ma’lumotlar bilan yangilab borilmoqda. Ijtimoiy ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar hamda komplayenc nazoratga oid ma’lumotlar menyudagi alohida-alohida bo‘limlarda joylashtirib borilmoqda. Shuningdek, telegram messenjerida, Facebook, Tik-tok, Instagran, Twitter platformalari hamda Yotube kanalidagi maxsus sahifalarida jamiyat hayoti va ko‘mir sanoatiga oid axborotlar muntazam joylashtirib borilmoqda.
2023 yil davomida jamiyatning sohaviy nashri – “O’zbekko’mir” gazetasi (https://t.me/gazetalar_sharhi/23058) har birining adadi 1000 (ming) nusxadan bo‘lgan 22 soni chop etildi va tarqatildi.
Jamiyat tuzilmasida Axborot xizmati tashkil etilgan bo‘lib, uch nafar mutaxassis xodim faoliyat olib bormoqda.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish