Pop tumani ko‘mir omborida arzonlashtirilgan ko‘mirni saralash holatlari aniqlanmadi
Nashr qilingan sana: 22.09.2023 02:08:27Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati Pop tumanida ko‘mir konlaridan aholiga beriladigan arzonlashtirilgan ko‘mir ko‘mir sifatli ortilayotgani, ammo ular stansiyada saralanib, yirigi tadbirkorlarga, mayda, yoqishga yaroqsizlari aholiga tarqatilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Ushbu tanqidiy xabar bo‘yicha “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Namangan viloyati filiali rahbari J.Johimatov quyidagicha munosabat bildiradi:
“Ushbu xabarda keltirilgan holat yuzasidan Pop tuman hokimligi va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan birgalikda tezkor o‘rganish olib borildi va "Ko‘mir ta’minot" MCHJ Namangan viloyati filialiga qarashli hududiy ko‘mir omborlarida arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mirni saralash faktlari aniqlanmadi.
Namangan viloyati, Pop tuman aholisiga 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Namangan viloyat filiali Pop ko‘mir ombori tomonidan 11,5 ming tonna mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar shundan 3,1 ming tonna, rejaga nisbatan 27 foizi yetkazib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-son qaroriga asosan “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan viloyatdagi jami 21 ta lot bo‘yicha 2 ta tadbirkor - “Pop Saxovat” MCHJ va “Ali Umar Bulder” MCHJga jami 14 050 tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kungacha ular 9 807 tonna mahalliy ko‘mir yoqilg‘i olgan.
Aholiga ko‘mir tarqatish ana shu tadbirkorlar yoqilg‘i bilan to‘la ta’minlanganidan so‘ng davom ettiriladi”.
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Мураккаб ҳудудларда бозор механизми: аҳоли кўмирсиз қолмаслиги учун қандай чоралар кўзда тутилган?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish
Xalqaro jurnalda Angren konchilari faoliyati haqida keng maqola chop etildi
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining xalqaro va sohaviy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilayotgani geologiya, konchilik va ko‘mir sanoati sohalarida amalg...
O'qish