Qutqaruvchilarning taktik oʻquv mashgʻulotlari
Nashr qilingan sana: 01.05.2023 06:24:26Aprel oyi davomida 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Temir yoʻl transporti" va "Yer osti usulida koʻmir qazib olish" filiallarida taktik oʻquv mashgʻulotlarini muvaffaqiyatli oʻtkazdi.
Kon qutqaruvchilarning vazifalari mashgʻulotlar ishtirokchilariga batafsil axbobot berib, asbob-uskunalar va jihozlarni tekshirish, "TYT" filiali hududida silkinishlar va kon shaxtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻin natijasida vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish, shartli jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishdan iborat boʻldi. "Oʻzbekkoʻmir" AJ Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Oʻtkir Inoyatov, kon-qutqaruv vzvodi komandiri Shuhrat Baymuratov va "Ur osti usulida koʻmir qazib olish" filiali bosh muhandisi Jamol Alimqulov qutqaruvchilarning mashgʻulotlarga tayyorgarligi bilan tanishdi.
– Kon qutqaruvchilari yer ostida va uning yuzasida ishlarni bajarish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlangan, – deydi otryad komandiri Shuhrat Baymuratov. ‒ "TYT" filialida biz shartli zilzila paytida tadbirlar oʻtkazdik. Ular ushbu tabiiy ofat paytida oʻzini qanday toʻgʻri tutish, jabrlanganlarga qanday yordam koʻrsatishni tushuntirib berdi. Yongʻin oʻchirish brigadasi, tez yordam brigadasi va boshqa tuzilmalarning oʻquv mashgʻulotlaridagi ishtiroki mutaxassislar va oddiy ishchilar bunday murakkab vaziyatlarda vahimaga tushmay, kelishilgan holda uyushqoqlik bilan harakat qila olishini koʻrsatdi.
Albatta, ishda kamchiliklar ham boʻldi: masalan, yigitlarimiz jabrlangan konchini zambilga olib ketayotib, ganda, uning oyoqlarini oldinga qilib olib chiqishdi. irib, jabrlanuvchini oyoqlari bilan oldinga olib chiqishdi. Oʻquv mashgʻuloti paytida filial boshligʻi Yernat Kokenov ham kon qutqaruvchilari, ham oʻz korxonasi xodimlarining hatti-harakatlari haqida bir qator fikrlarini bildirib, amaliy maslahatlar berdi.
‒ Qutqaruvchilar yer ostida, shaxta tubida ishlayotgan paytida, ular bir vaqtning oʻzida qutqaruvchi, shifokor va oʻt oʻchiruvchi sifatida harakat qilishadi, ‒ deydi vzvod komandiri yordamchisi Abror Ismoilov. – Vaziyat qanday boʻlmasin, odamlarni qutqarish birinchi navbatdagi vazifalaridir.
Koʻmir konlarida vaziyatlar qiyin boʻlishi mumkin, chunki maʼlum sharoitlarda koʻmir yonadi, uni suv bilan oʻchirish mumkin emas. Falokatning yana bir sababi koʻchki boʻlishi mumkin.
Mashqlar boshlanishidan oldin tarkibning ikki jamoasining jangovar tayyorgarligi sinchkovlik bilan baholandi. Bir guruh bevosita jabrlanganlarni qutqarish bilan shugʻullansa, ikkinchisi favqulodda texnik, yongʻin oqibatlarini bartaraf etishga safarbar qilindi.
‒ Oʻtkazilgan rejali-taktik oʻquv mashgʻulotlari professional kon qutqaruvchilari qanday harakat qilishini yaqqol namoyish qildi, – deydi "Yer osti usulida koʻmir qazib olish" filiali bosh muhandisi Jamol Alimqulov. – Zero, inson hayoti xavfsizligi ularning kasbiy mahoratiga bogʻliq.
Darhaqiqat, taktik oʻquv mashgʻulotlar jarayonida sanoat obyektlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni betalafot va tezkorlik bilan bartaraf qilish borasida vzvod xizmatchilari shayligi va mahoratini yanada oshdi.
Diana Andreyeva
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish
Milliy libos – faxru iftixor ramzi
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi milliy an’analarni saqlash va targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Aksiyadorlik jamiyatida milliy urf-odatlar va an’analarni qadr...
O'qish